UZCARD Server sotib olish boʻyicha tender e’lon qiladi

Tender bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniyaning veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 26/05/2025 y.
  2. Savol-javob sessiyasi. Ishtirok etish uchun ariza (roʻyxatdan oʻtish) va barcha savollar 30.05.2025 yilgacha yozma ravishda elektron pochta orqali yuborilishi kerak. Roʻyxatdan oʻtgan barcha ishtirokchilarga 03.06.2025 yilgacha (shu jumladan) javob qaytariladi
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini narxlari bilan 06.06.2025 yil Toshkent vaqti bilan soat 18.00 dan kechiktirmay taqdim etadi.
  4. Takliflarni baholash – 13.06.2025 yilgacha.
  5. 20.06.2025 yilgacha muzokaralarning ikkinchi bosqichi.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash – taxminan 27.06.2025 yilga qadar.

To‘lov valyutasi – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun – so‘m, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun – AQSh dollari;

To‘lov tartibi: elektron hisob-faktura imzolangandan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida 100% to‘lov.

Mas’ul shaxs:

Raximov Kozimjon – xaridlar bo‘limi.

E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Mob: +998 97 344 49 55

Tender hujjatlari 2025-yil 6-iyun soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) elektron shaklda, Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron manziliga pochta orqali qabul qilinadi.

30.05.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchilar yuqoridagi elektron pochta manziliga (erkin shakl) ro‘yxatdan o‘tib, ushbu tenderda ishtirok etish uchun ariza yuborish tavsiya etiladi.

Tender hujjatlarini quyidagi havolaning ustiga bosib, qo‘lga kiritishingiz mumkin.