UZCARD va HUMO toʻlov tizimlari bankomatlarining integratsiyasi boʻyicha ishlar davom etmoqda

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ (UZCARD) ikkala toʻlov tizimlarining bankomatlari tomonidan kartalarni oʻzaro qabul qilishni amalga oshirish maqsadida kompaniya bankomatlarini “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ (HUMO) bankomatlari bilan integratsiya qilish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda.

Hozirgi vaqtda xizmat butun mamlakat boʻylab UZCARD kartalariga xizmat koʻrsatuvchi “Kapitalbank” ATBning barcha bankomatlarida mavjud.

Ikkala operator tomonidan sinov tadbirlari muvaffaqiyatli yakunlangandan soʻng, aholiga xizmat koʻrsatish maqsadida barcha tijorat banklarining bankomatlarini ulash davom ettiriladi. Bosqichma-bosqich ulanish tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq 2023 yil 1 iyundan boshlanishi kutilmoqda.

UZCARD bankomatlar tarmogʻining dasturiy ta’minotini keyingi yangilash boʻyicha ishlar haqida oʻzining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda xabardor qiladi.