“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ (UZCARD) ikki toʻlov tizimlarining bankomatlari tomonidan kartalarni oʻzaro qabul qilishni amalga oshirish maqsadida kompaniya bankomatlarini “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ (HUMO) bankomatlari bilan integratsiyalash ishlarini davom ettirmoqda.
Hozirgi vaqtda xizmat butun mamlakat boʻylab UZCARD kartalariga xizmat koʻrsatuvchi “Kapitalbank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Mikrokreditbank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Invest Finance Bank” AJ, “Trastbank” XAB, “Oriyent Finans” XATB, “Garant bank” AJ, “Tenge Bank” ATB, “Davr bank” ATB, “Madad Invest Bank” ATB, “Turonbank” ATB, “Poytaxt bank” AJ, “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, “Asakabank” AJ, “UNIVERSAL BANK” ATB, “Ravnaq-bank” AJ, AT “Alokabank”, “UTBANK” AJ, “Agrobank” ATB, “Xalq banki” ATBning barcha bankomatlarida mavjud.
2023 yil 1 iyundan e’tiboran bosqichma-bosqich ulanish barcha tijorat banklarida jadvalga muvofiq boshlandi. Xizmatga qisman “Hamkorbank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Ipak Yo’li” AITB, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “KDB Bank Uzbekistan” AJ bankomatlari ulanib boʻldi.
UZCARD bankomatlar tarmogʻining dasturiy ta’minotini keyingi yangilash boʻyicha ishlar haqida Sizni oʻzining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda qoʻshimcha xabardor qiladi.