UZCARD’dan yangilangan CIP Lounge qulayligini his qildingizmi?

Joriy yilning bahorida UZCARD Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidagi CIP Lounge hududini brendlash va rekonstruksiya qilishni yakunladi.

Endilikda CIP Loungening birinchi va ikkinchi qavatlaridagi premium-zallar UZCARD korporativ uslubida bezatilgan bo‘lib, yo‘lovchilarga qulay va zamonaviy muhitni taqdim etadi. Aeroport maʼmuriyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha mamlakatimizning asosiy infratuzilma obʼyektlarida UZCARD brendining vizual mavjudligini kuchaytirishda muhim qadam boʻldi. CIP Lounge brendingi SHERDOR karta egalari uchun keng qamrovli premium xizmat dasturining bir qismidir.

Yangilangan CIP Loungening asosiy afzalliklari:

  • Alohida ro‘yxatdan o‘tish va bagajni topshirish: yo‘lovchilar barcha zarur protseduralardan navbatsiz o‘tishlari mumkin, bu esa vaqtni sezilarli darajada tejaydi va sayohat qulayligini oshiradi.
  • Transfer: yo‘lovchilarni samolyotga yetkazish, tez va qulay sayohatni taʼminlash uchun qulaylik darajasi yuqori bo‘lgan mikroavtobuslar va avtobuslar taqdim etiladi.
  • Zalga tashrif buyuruvchilar uchun bepul ichimliklar va ovqatlar.
  • UZCARD SHERDOR karta egalari yiliga to‘rt marotaba CIP Lounge-ga bepul tashrif buyurishadi.
  • Zamonaviy interyer: dam olish zonalari yangi, yorqin va qulay mebellar bilan jihozlangan bo‘lib, reysni kutish uchun qulay muhit yaratadi.

Yangilangan CIP Lounge-ga kirish uchun UZCARD Sherdor karta egalari kartani zalning qabulxonasiga taqdim etishlari kerak.

SHERDOR premium kartasining barcha imtiyozlari haqida batafsil maʼlumotni https://sherdor.uzcard.uz/uz  rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

UZCARD o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga intilishda davom etadi, hatto sayohat paytida ham zamonaviy va qulay yechimlarni taklif etadi.