UZCARD Samarkand Marathonda ishtirok etdi

3-noyabr kuni Samarqandda xalqaro marafon bo‘lib o‘tdi va UZCARD kompaniyasi yana bir bor ushbu tadbirda faol ishtirok etdi. Marafonda kompaniyaning 22 nafar xodimi ishtirok etdi va ularning har biri masofani faxr bilan yakunlab, kutilgan medallarni qo‘lga kiritdi.

Samarkand Marathonning asosiy maqsadi muhim ijtimoiy va madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Samarkand Marathon tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar madaniyat va san’at obyektlarining inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mamlakatda sport turizmini rivojlantirish vazifalarini hal etishga yordam beradi.

“Bu qiziqarli tajriba. Marafon nafaqat bizning jismoniy imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazdi, balki muhim ishga hissa qo‘shish imkoniyatini berdi. Xodimlarimiz 2, 5, 10, 21,1 va 42,2 km masofalarda yugurishdi va har biri yaxshi natijalar ko‘rsatishdi. Men bunday muhim ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydigan kompaniyada ishlayotganimdan faxrlanaman,” deydi UZCARD kompaniyasi xodimi va marafon ishtirokchisi.

UZCARD’ning Samarkand Marathondagi ishtiroki haqiqiy an’anaga aylandi va biz uni kelajakda davom ettirish niyatidamiz.