UZCARDning “Omad mavsumi” aksiyasi davom etadi!

UZCARD keng ko‘lamli “Omad mavsumi” aksiyani davom ettirib, sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan ikkinchi mavsumni e’lon qiladi! Aksiyaning ikkinchi mavsumi yana uch oy — 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Ushbu mavsumda omad kommunal to‘lovlarni amalga oshirgan foydalanuvchilarga ko‘proq kuladi: 50 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan har bir onlayn to‘lov uchun uchta imkoniyati beriladi — oddiy onlayn xaridlarga nisbatan uch baravar ko‘p.

Har oyda ikki dona 25 mln so‘mlik va ikki dona 100 mln so‘mlik pul sertifikati o‘ynaladi. Uchinchi bosqich bilan birga o‘tadigan finalda esa noyabr—yanvar davrida jami 15 ta va undan ko‘p imkoniyat to‘plagan ishtirokchilar qatnashadi. Finalning bosh sovrinlari — 50 mln va 200 mln so‘mlik pul sertifikatlari.

Ishtirok etish uchun UZCARD kartalari orqali 50 000 so‘mdan boshlab onlayn to‘lovlarni yoki o‘tkazmalarni amalga oshirishda davom ettirish kifoya: xaridlarni to‘lash, o‘tkazmalarni amalga oshirish yoki kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lash.

Har bir to‘lov ma’lum miqdorda imkoniyat beradi:

  • 3 imkoniyat — kommunal xizmatlar onlayn to’lovalr uchun;
  • 2 imkoniyat — UZCARD kartalardan o‘tkazmalar uchun;
  • 1 imkoniyat — onlayn xaridlar va Tez QR orqali to‘lovlar uchun.

An’anaga ko‘ra, aksiya tashkilotchisi sifatida UZCARD sovrinlarni topshirish bilan bog‘liq barcha soliq majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Aksiya qoidalari bilan batafsil havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.