Endilikda Asia Alliance Bank mijozlari kengaytirilgan qulayliklar, xizmatlar va statusni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan yangi premium karta — UZCARD SHERDOR uchun ariza topshirishlari mumkin.
SHERDOR kartasi o‘z egalariga bir qator noyob imtiyozlarni taqdim etadi: aeroportning CIP zonalariga kirish, mehmonxona xizmatlari, restoran xizmatlari, fitnes, sayohat va biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida kengaytirilgan chegirmalar va maxsus takliflar tizimi.
Yaqin kelajakda sodiqlik dasturi yangi imtiyozlar, jumladan, premium turmush tarzining qo‘shimcha sohalarini qamrab oluvchi hamkor xizmatlarning kengaytirilgan ro‘yxati bilan to‘ldiriladi.
Hozirda karta egalari Oʻzbekiston aeroportlarida alohida xizmat koʻrsatish zonalarini baholashlari mumkin va tez orada butun dunyo boʻylab, kengaytirilgan qulaylik xizmatlari va dastur hamkorlarining eksklyuziv takliflari mavjud bo‘ladi.
Transport, yoqilg‘i dasturlari va premium avtoservis segmentlarida qo‘shimcha hamkorliklar tayyorlanmoqda va ular SHERDOR dasturini yanada rivojlantirish doirasida yo‘lga qo‘yiladi.
Karta 3 yilgacha bo‘lgan muddatga chiqariladi, undan O‘zbekiston fuqarolari va norezidentlari foydalanishi mumkin, shuningdek, UZCARD milliy to‘lov tizimining barcha afzalliklaridan foydalanish imkonini beradi.
Bugungi kunda UZCARD SHERDOR kartasini nafaqat Asia Alliance Bank, balki OFB va Mikrokreditbank (MKBANK)da ham rasmiylashtirish mumkin. Kartani chiqarishga ulangan banklar ro‘yxati kengayishda davom etmoqda – sherdor.uzcard.uz saytidagi yangiliklarni kuzatib boring.
Karta haqida batafsil ma’lumot Asia Alliance Bank va UZCARD saytlarida mavjud.