Premium toifadagi UZCARD SHERDOR kartasi egalariga yangi hamkorlik imtiyozlaridan kengroq foydalanish imkonini berib, ularning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Perfectum mobil aloqa operatori bilan hamkorlik doirasida, premium toifadagi UZCARD SHERDOR kartalari egalari uchun maxsus taklif taqdim etiladi: birinchi ikki oy davomida simsiz uy interneti uchun 99% chegirma.
Bu shuni anglatadiki, UZCARD SHERDOR foydalanuvchilari Perfectum dan 5G simsiz uy internetining dastlabki 60 kuni uchun atigi 2 500 so‘m to‘laydilar, keyingi davrda esa Perfectum ning amaldagi tariflari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
5G SA (Standalone) — bu mobil aloqa texnologiyasining eng so‘nggi avlodi bo‘lib, yuqori ma’lumot uzatish tezligi, nihoyatda past kechikishlar va barqaror ulanishni ta’minlaydi.
5G SA qamrov hududi doimiy ravishda kengayib bormoqda — xizmatning sizning manzilingiz bo‘yicha mavjudligini Perfectum ning rasmiy veb-saytida tekshirishingiz mumkin.
Ulanish uchun Perfectum veb-sayti orqali yoki kontakt-markaziga murojaat qilib ariza qoldirishingiz kifoya. Tarmoq mavjudligi tekshirilgach, xizmatni namoyish qilish uchun mutaxassis sizning manzilingizga keladi. Shundan so‘ng shartnoma tuziladi va mijoz yuqori tezlikdagi 5G simsiz uy interneti foydalanuvchisiga aylanadi.
UZCARD SHERDOR va Perfectum o‘rtasidagi hamkorlik raqamli servislarni rivojlantirish, internet xizmatlari sifatini oshirish hamda tezlik, qulaylik va texnologik yechimlarni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha afzalliklar yaratishga qaratilgan.
UZCARD SHERDOR hamkorlik tarmog‘i faol ravishda kengaymoqda: dasturga muntazam ravishda yangi brendlar va servislar qo‘shilib, mavjud imtiyozlar doirasini kengaytirmoqda. Karta egalari tobora ortib borayotgan imtiyozli xizmatlar va maxsus takliflar to‘plamiga ega bo‘lishadi. Bugungi kunda kartani mamlakatning 6 ta bankida rasmiylashtirish mumkin, yaqin vaqt ichida esa emissiya qiluvchi banklar ro‘yxati yanada kengayadi.