O‘zbekiston moliya sohasi uchun muhim voqea bo‘lgan UZCARD FORUM 2024 ishtirokchilarni nafaqat mazmunli biznes dasturi, balki muhim e’lonlar bilan ham yana bir bor quvontirdi. Forumning asosiy voqealaridan biri Orient Finans Bank bilan hamkorlikda sinov loyihasi sifatida chiqarilgan yangi «UZCARD Sherdor» premium kartasining taqdimoti bo‘ldi. Bu tadbir UZCARD kompaniyasining doimiy ravishda rivojlanishga va o‘z mijozlari hayot sifatini yaxshilashga, shu jumladan imtiyozli segment uchun afzalliklar taqdim etishga qaratilgan yangi moliyaviy-texnologik yechimlarni joriy etishga intilishini ta’kidlaydi.
Kartaning afzalliklari:
«UZCARD Sherdor» o‘z egalariga qator imtiyozlar va ajoyib xizmatlardan foydalanish imkonini beradi:
- Toshkent aeroportida brendlangan CIP Lounge ga 4 ta bepul tashrif;
- Yiliga 6 ta bepul taksi xizmati;
- «UZCARD Concierge» shaxsiy maslahatchi xizmati;
- Sayohat sug‘urtasi va «Teletibbiyot» xizmatlari to‘plami;
- Hamkorlardan maxsus takliflar (keshbek va 30% gacha chegirmalar)
- UZCARD tizimidagi barcha xaridlar uchun 1% avtomatik keshbek bilan integratsiyalashgan sodiqlik dasturi;
Ushbu karta imtiyozli mijozlar uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘zlarini qulay his qilishlariga yordam beradigan bir qator eksklyuziv imtiyozlarni taklif etadi. «UZCARD Sherdor» – mahalliy sharoit va xalqaro standartlarga moslashtirilgan mavqe va ishonchlilik ramzidir.
Imtiyozli kartalar tarixida yangi sahifa
«UZCARD Sherdor» chiqarilgan paytdan boshlab milliy imtiyozli kartalar etaloniga aylanib, mijozlarga yuqori darajadagi xizmat va imtiyozlar olamiga yo‘l ochadi. Ta’kidlash joizki, bu O‘zbekiston mahalliy bozorining o‘ziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda yaratilgan ushbu darajadagi birinchi kartadir. Karta egalari xalqaro aeroportning CIP zalidan bepul foydalanishlari, maslahatchi xizmatlaridan bahramand bo‘lishlari va noyob sodiqlik dasturlarida ishtirok etishlari mumkin, bu esa uni xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini qadrlaydigan insonlar uchun zarur vositaga aylantiradi.
UZCARD FORUM – innovatsiyalar va ilg‘or yechimlar makoni
UZCARD FORUM 2024 moliya sohasida ilg‘or yechimlar va innovatsiyalarni taqdim etish uchun asosiy platforma sifatida o‘z ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi. Bu shunchaki biznes muloqoti uchun joy emas, balki yangi tendensiyalar yaratiladigan makondir. Har yili Forum bank sohasining imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarni o‘zgartiruvchi noyob ishlanmalarni taqdim etadi va «UZCARD Sherdor» imtiyozli kartasi joriy yilning asosiy yangiliklaridan biriga aylandi.