2025-yil 17-iyuldan boshlab UZCARD SHERDOR premium kartalari egalari uchun yangi xizmat taqdim etildi: Ultima Yandex Go premium klasslarida yiliga oltitagacha maxsus shartlar asosida qatnov.
UZCARD Milliy to‘lov tizimi va Ultima Yandex Go xizmati o‘rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida har bir SHERDOR kartasi egasi Premier klassida bor-yo‘g‘i 1000 so‘m evaziga qatnov imkoniyatiga ega bo‘ladi. Umumiy chek summasidan qat’i nazar, qolgan qismi — 100 000 so‘mgacha — hamkorlik tashabbusi hisobidan qoplanadi. Asosiy shart — SHERDOR kartasi Yandex Go ilovasida asosiy to‘lov vositasi sifatida belgilangan bo‘lishi kerak.
Mazkur imtiyoz SHERDOR falsafasining mantiqiy davomidir — mijozlar uchun qulaylik va har bir detalga e’tiborli muhit yaratish. SHERDOR kartasi Asia Alliance Bank, Orient Finans Bank va Mikrokreditbank hamkorligida chiqarilgan bo‘lib, u o‘zida maqomni, xizmatni va eksklyuziv takliflardan foydalanishni birlashtiradi. Ular orasida — restoranlarda ustuvor xizmat ko‘rsatish, Toshkent xalqaro aeroportidagi CIP zali, Every Lounge orqali xalqaro dam olish zonalariga kirish, poytaxtning yetakchi salonlari, butiklari va tibbiyot klinikalarida chegirmalar, shuningdek, maxsus qo‘shimcha xizmatlar mavjud. Hamkorlik dasturi ishtirokchilari soni muntazam o‘sib bormoqda.
SHERDOR kartasi chiqarilganidan buyon o‘zini har bir detalda yuqori darajadagi xizmat va g‘amxo‘rlikni qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan mahsulot sifatida namoyon qildi. Yandex Go bilan yangi hamkorlik SHERDOR brendining mijozlar imkoniyatlarini kengaytirishga va ularning kundalik hayotdagi qulayliklarini oshirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Batafsil — sherdor.uzcard.uz saytida.