UZCARD Ventures korporativ venchur fondi O‘zbekiston Venchur kapitali assotsiatsiyasi (O‘zVKA) va IT-Park Uzbekistan bilan hamkorlikda “Venchur investitsiyalari” oflayn kursiga qabulni e’lon qiladi. Kurs ma’ruzachisi va o‘qtuvchisi Denis Kalыshkin, I2BF Global Ventures (AQSh) investitsion direktori.
Kurs potentsial biznes “angels” va venchur investorlar, startap asoschilari va innovatsion ekotizimning boshqa vakillari uchun qiziqarli bo‘ladi.
Kurs dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:
• Venchur investitsiyalar va startaplar nima, boshqa investitsiya turlaridan farqlari va xususiyatlari;
• Yangi boshlanuvchilar uchun bozor va raqobatni tahlil qilish usullari;
• Investitsiya bitimining asosiy huquqiy shartlari (term sheet), tipik va
nostandart shartlar, bitimni bajarishdagi xatolar;
• Investitsiyalar kiritishda tahlil qilish mezonlari, amaliyotdan misollar va xatolar va venchur investor
• “Lotin Amerikasidagi venchur kapital bozori tahlili” ishi yechimi;
• “Investitsiya memorandumlari” asosida Amerika fondining Bessemer investitsiya tahlili” ishi yechimi;
• O‘zbekiston startapi misolida investitsiya ishi tahlili.
Kurs 16-apreldan 7-mayga qadar, shanba kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 101 A. manzilidagi UZCARD Akcelerator joyida bo‘lib o‘tadi. (Mo‘ljal: Metro Ipak yo‘li bekati)
Ishtirok etish uchun havola orqali 2022-yil 11-aprelgacha ariza topshirishingiz kerak
Kurs pullik. Narxi 1.100.000 so‘m. Joylar cheklangan.