Konditsionerlarga texnik xizmat ko‘rsatishda xizmatlar yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha tender takliflarini qabul qilishning soʻnggi kuni 2025-yil 18-iyulgacha uzaytiriladi.
Tender bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va Tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 14/07/2025y.
- Potensial xizmat koʻrsatuvchi Tanlov hujjatlari toʻplamini tayyorlaydi – 18/07/2025 yilgacha (jumladan).
- Ishtirokchilarning qisqacha ro‘yxatini tahlil qilish va shakllantirish (23/07/2025 yilgacha).
- Yakuniy narxlarni so‘rash (25/07/2025 yilgacha).
- Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash taxminan 01.08.2025 yilga qadar.
Tijorat takliflari hujjatlar to‘plami bilan 2025-yil 18-iyul soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta orqali qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi shart:
– xavfsizlik bo‘limi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– TT shakli (ilova qilingan shakl bo‘yicha excel formatida imzosiz va muhrsiz);
– shartnomaning asosiy talablari bilan to‘ldirilgan SHAT fayli (eksel formatida biriktirilgan shaklga muvofiq).
Ishtirokchilar xarid hujjatlarini, shu jumladan to‘ldirish uchun barcha shakllarni ushbu havola orqali yuklab olishlari mumkin».