2023-yil 27-dekabr kuni “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ va “MayaSoft” MChJ o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro sheriklik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Memorandum mavzusi Marta dasturiy taʼminotini UZCARD toʻlov tizimi bilan integratsiyalashuvi, shuningdek, xizmatni kelgusida oʻzaro hamjihatlikda yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻldi.
Marta Terminal – naqd pulsiz toʻlovlarni tez va qulay qabul qilish zarur boʻlganlar uchun ideal variant:
- sugʻurta, savdo va sayohat agentliklari;
- taksi haydovchilari va kuryerlar;
- xususiy tadbirkorlar;
- onlayn-doʻkonlar va kichik savdo nuqtalari egalari.
Mobil ilova sizga NFC moduliga ega Android OS asosidagi oddiy smartfonda qo‘shimcha jihozlarsiz tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni qabul qilish imkonini beradi. UZCARD karta egalari esa ilovada tez, qulay va xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Toʻlov bir necha soniya ichida, hatto Internetga ulanmagan boʻlsangiz ham amalga oshiriladi.
Toʻlovni amalga oshirish uchun sotuvchining telefoniga UZCARD 5614*** kontaktsiz NFC kartasini yoki UZCARD 6262***, 5440*** kobeyjing kartasini qoʻyish kifoya. Ilova, shuningdek, Uzcard Pay toʻlov dasturi orqali 8600*** kartalari yordamida toʻlovlarni qabul qilishni ham qoʻllab-quvvatlaydi.