Bugungi kunda texnologiyaning rivojlanishi embossirlangan kartalarni chiqarish jarayonini sezilarli darajada osonlashtirdi. UZCARDning ushbu yo‘nalishdagi salmoqli ishlari banklar uchun bevosita o‘z filiallarida to‘lov kartalarini bir zumda chiqarich va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning tubdan yangi darajasiga o‘tish imkonini berdi.
Endilikda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning O’zbekiston bo’ylab 45 ta filialida yangi turdagi UZCARD kartalarini bir zumda chiqarish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mijozlar o‘z kartalarini ariza berilgan paytning o’zida darhol olish imkoniyatga ega boʻlishadi. Murojaat qilingan paytdan boshlab kartani chiqarish va faollashtirish jarayoni 10 daqiqagacha vaqt oladi va o’sha zahoti kerakli moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni boshlash mumkin.
Yangi UZCARD kartalari NFC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan embossirlangan kartalardir. Ular to‘lovlarni amalga oshirish, bankomatlar xizmatlaridan foydalanish, jamoat transportida yo’l haqini oson va tez to‘lash imkonini beradi.
Plastik kartalarni embossirlashning asosiy sababi, yuqori darajadagi xavfsizlik va boshqa bir qator afzalliklarga egadir:
- Embossirlangan kartalar vaqt o’tishi bilan eskirmaydi, undagi ma’lumotlar o’qilish imkoniyatini saqlab qoladi.
- Embossirlangan kartalar yuqori darajaga ega bo’lgan premium-klass mahsulotidir, va bugungi kunda bunday plastik kartalar ko’plab banklarning o’ziga xos tashrifnomasiga aylanib bormoqda.
- UZCARD karta egalari orasida ko‘zi ojiz fuqarolar bor, ular kartadagi boʻrttirilgan yozuvlarni barmoqlari bilan osongina o‘qiy oladilar.
Xizmatdan foydalanish uchun mijoz bank filiallaridan biriga pasport bilan kelishi kerak.
Ushbu turdagi kartalar quyidagi banklarda mavjud: “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki” AT, “Agrobank” ATB, “Asakabank” AT, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “Garant Bank” ATB, “DAVR BANK” ATB, “Hamkorbank” ATB, OAJ “Xalq banki, “Ziraat bank Uzbekistan” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB.
2023-yil oxiriga qadar, UZCARD respublikaning barcha bank filiallarini ushbu xizmatga ulashni rejalashtirmoqda, bu esa Respublikaning istalgan nuqtasida UZCARD embossirlangan kartalarini olish imkonini beradi.