Nafaqaxo‘rlar uchun yangi xizmat tashkil etildi. Endilikda ular o‘zlarining pensiya jamg‘arma hisobvarag‘idagi mablag‘larini Xalq bankining UZCARD bankomatlaridan foydalanib, o‘zlarining Xalq bankidan UZCARD kartalariga o‘tqazish orqali yechib olishlari mumkin.
Buning uchun:
• UZCARD* pensiya kartangizni Xalq banki bankomatiga joylashtiring
• “JBPH” xizmatini tanlang
• Bankomat joriy JBPH balansini aks ettiradi va kartaga yechib olinadigan summani kiritish imkonini beradi
• So‘ngra 10 daqiqa ichida pul kartangizga o‘tkaziladi
*Karta Xalq Bankidan olingan UZCARD kartasi bo‘lishi kerak
UZCARD bilan bu yanada qulay!