Tez QR – UZCARD tomonidan taqdim etilgan yangi xizmat bo‘lib, UZCARD karta egalariga plastik karta yoki naqd pulsiz xarid qilish imkonini beradi. To‘lov smartfon ilovasidagi QR-kodni to‘lov terminallariga ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Tez QR xizmati hozirda PAX A930 (oq rangli terminallar) qurilmalarida mavjud.
Xizmatdan foydalanish uchun Click, Paynet, Beepul, Plum, Pay Way, Milliy, Hamkor ilovalaridan birini yuklab olishingiz kerak. Keyin unda istalgan UZCARD kartasini ro‘yxatdan o‘tkazing.
Tez QR orqali qanday to‘lash mumkin?
To‘lov qilish uchun sotuvchiga UZCARD kartangiz bilan xaridlaringizni to‘lamoqchi ekanligingizni ayting. Sotuvchi «Karta orqali» to‘lov usulini tanlaydi. Terminal ekranida QR-kod paydo bo‘ladi, uni ilovada skanerlashingiz, UZCARD kartangizni tanlashingiz va to‘lovni tasdiqlashingiz kerak. Terminal muvaffaqiyatli tranzaksiya chekini chop etadi. Tamom, to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshdi!
Tez QR skanerlash Click, Paynet, Beepul, Plum, Pay Way, Milliy yoki Hamkor ilovalarida mavjud. Ilovani o‘rnatganingizdan so‘ng, unga UZCARD kartangizni qo‘shing. Endi siz hamma joyda kartasiz to‘lov qilishingiz mumkin!
Tez QR orqali to‘lovning afzalliklari
UZCARD karta egalari uchun
UZCARD «Eng yaxshi mijoz tajribasi yaratish orqali bozor fintex transformatsiyasi» missiyasidan chetga chiqmaydi va o‘z kartalaridan foydalanishni ularning egalari uchun maksimal darajada qulay qilishga intiladi. Yangi xizmat tufayli quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:
- To‘lov uchun plastik karta olib yurish shart emas;
- To‘lov bir zumda amalga oshadi;
- Click, Paynet, Beepul, Plum, Pay Way, Milliy yoki Hamkor ilovalaridan biri o‘rnatilgan kamerali har qanday smartfon bilan to‘lash mumkin;
- Smartfon orqali to‘lash xavfsizroq. Bank kartangizning maxfiy ma’lumotlarini va PIN-kodingizni sotuvchiga aytishingiz shart emas;
- QR-to‘lovlar uchun, xuddi sotuvchi terminalida karta bilan to‘langanidek, hech qanday komissiya olinmaydi.
- Istalgan bankning UZCARD kartasidan foydalanishingiz va to‘lov paytida xaridni qaysi karta orqali amalga oshirishni tanlashingiz mumkin.
Sotuvchilar uchun
Ushbu xizmatning ulanishi sotuvchilarga mijozlar doirasini kengaytirish va ularning sonini ko‘paytirish imkonini beradi, chunki hatto yonida kartasi bo‘lmagan xaridorlar ham to‘lov qila oladilar. Bundan tashqari, texnologiyalarni kuzatib boradigan va barcha yangiliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan odamlar odatda yuqori to‘lov qobiliyatiga ega. Ularning o‘rtacha cheki naqd pul bilan to‘laydiganlarga qaraganda bir necha baravar yuqoriroq.
To‘lov vaqtida pul xaridorning hisobidan yechiladi va sotuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri terminalda to‘lov haqida xabarnoma oladi.
Hamkorlar uchun
O‘zbekiston banklari va to‘lov tashkilotlari uchun bu vaqtni tejashning ajoyib imkoniyatidir. Kontaktsiz to‘lov xizmatini ulash orqali banklar va to‘lov tashkilotlari o‘z mijozlariga 50 mingdan ortiq savdo nuqtalarida kartasiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradilar.
Rasmiy sayt: tezqr.uzcard.uz
Instagram: @uzcard.uz
Telegram: t.me/uzcard
Facebook: fb.com/uzcard
Call Centre: +998(71) 200-28-28