«Kartani uygʻoting» aksiyasining ikkinchi bosqichi uchun sovrinli oʻyin 2024-yil 5-avgust kuni soat 20:00 dan 21:00 gacha boʻlib oʻtadi.
Sovrinli oʻyinda 2024-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha toʻplangan imkoniyatlar ishtirok etadi.
Quyidagi sovrinlar oʻynaladi:
- 15 million soʻm miqdoridagi pul sovrin sertifikati – 3 dona;
- 50 mln soʻm miqdoridagi pul sovrin sertifikati – 2 dona.
Sovrinli oʻyinni Instagramdagi UZCARDning rasmiy sahifasida yoki aksiyaning veb-saytida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.