Shaffoflik va mas’uliyat: monopoliyaga qarshi muvofiqlikning UZCARD uchun ahamiyati

Hurmatli mijozlar, hamkorlar va kasbdoshlar!

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» aksiyadorlik jamiyati doimo shaffoflik va halol biznes yuritish tamoyillariga amal qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, jumladan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablariga to‘liq rioya etadi.

Biz uchun monopoliyaga qarshi komplayens nafaqat qonun talabi, balki adolatli raqobatni, bozordagi barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan hamda mijozlarimiz va hamkorlarimizning ishonchini mustahkamlaydigan muhim strategik vositadir.

Yaqinda «YUPM» AJ mas’ul xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida maxsus kurslarni o‘tdilar. Qo‘mitaga uning kasbiy mahorati va biznesning bilim darajasini oshirishdagi hissasi uchun minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Ushbu bilimlar tufayli biz 2024-yilda ichki jarayonlarimizni kuchaytirish va raqobat qonunchiligini buzish xavflarining oldini oluvchi mexanizmlarni joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Biz monopoliyaga qarshi standartlarga rioya qilish kompaniyamiz va butun mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishi hamda rivojlanishining garovi ekanligiga ishonamiz. «YUPМ» AJ qonunchilikka rioya etish madaniyatini rivojlantirishni davom ettiradi, ishonchni mustahkamlaydi va bozorning barcha ishtirokchilari uchun adolatli raqamli ekotizimni yaratadi.

Halol raqobat – muvaffaqiyat va o‘sishning poydevoridir.

Hurmat bilan,

Bosh direktor

David Melikidze