2023 yil 21 oktyabrdan Namangan UZCARDning «Manzillar yaqinroq» yangi aksiyasiga qoʻshildi.
Eslatib oʻtamiz, aksiya 2023 yil 1 oktabrdan e’tiboran mamlakatning beshta shahri – Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch, Xiva aholisi uchun va endi esa Namangan uchun ham boshlangan. Ushbu shaharlar aholisi UZCARD kartalari bilan yoki Uzcard Pay ilovasi orqali toʻlab kuniga oltita safarning har birida chegirmadan foydalanib 500 soʻmni tejab qolishmoqda.
Toʻlovni har qanday bank tomonidan chiqarilgan 5614***, 6262***, 5440*** indeksli UZCARD bank kartalari, shuningdek Uzcard Pay mobil toʻlov tizimiga yuklab 8600*** kartalari bilan kontaktsiz amalga oshirish mumkin.
Siz https://uzcard.uz/publichnaya-oferta-po-provedeniyu-akcii-manzillar-yaqinroq havolasi boʻyicha murojaat qilib aksiyaning shartlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin
UZCARD bilan har safarda tejash imkoniyatini boy bermang!
Aksiya 2023 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.