2022-yil 1-fevral, Toshkent, O‘zbekiston – O‘zbekiston Respublikasi milliy to‘lov operatori UZCARD va bank sohasini raqamlashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali yechimlarni yetkazib beruvchi yetakchi «Innotex» KG IT-PARK Uzbekistan ko‘magida «DevOps, OpenShift va bu bilan qanday qilib fintexda yashash mumkin» nomli noyob xalqaro ta’lim kursini boshladilar. Bepul loyihada saralash bosqichidan o‘tgan 26 nafar muhandis ishtirok etadi.
“DevOps, OpenShift va bu bilan qanday qilib fintexda yashash mumkin” kursi O‘zbekistondagi eng dinamik va tez rivojlanayotgan biznes segmentlaridan biri bo‘lgan yuqori texnologiyalar sohasida muhandislarning malakasini oshirish va kasbiy o‘sishiga yo‘naltirilgan. Dastur yetakchi ishlab chiquvchilar tomonidan turli IT-topshiriqlarni amalga oshirishda korporatsiyalarning amaliy tajribasini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlanuvchi chuqur nazariy qismga ega 8 ta o‘quv vebinarlaridan tashkil topgan.
O‘quv kursi bepul shaklda o‘tkaziladi. 1,2 mingdan ortiq istovchilar orasidan 26 nafar ishtirokchi tanlab olindi. Saralash kasbiy bilimlar uchun maxsus test sinovlari, shuningdek, finalchilar bilan suhbatlar orqali amalga oshirildi. Shu bilan birga, 103 nafar nomzod alohida muhandislik tayyorgarligini ko‘rsatdi, bu esa O‘zbekistondagi ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarning fan bo‘yicha yuqori darajadagi bilimini namoyon etadi. O‘quv kurslarini tugatgandan so‘ng, eng yaxshi bitiruvchilar ham o‘quv dasturini tashkil qiluvchi kompaniyalarda, ham boshqa xalqaro hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tash va ishga joylashish uchun noyob imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
Loyihaning dolzarbligi jahon miqyosidagi biznes muammolariga samarali javob berish uchun IT-muhandislarining uzluksiz ta’lim olish zarurati bilan bog‘liq. Global tendensiyalar, ayniqsa, didjital va yuqori texnologiyali sohalarda uzluksiz malaka oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Stack Overflow tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar shuni ko‘rsatdiki, dasturchilarning 75 foizi yiliga bir qancha yangi ko‘nikmalarni egallaydi, 50 foizi esa bir necha oy ichida bilimlarini yangilaydi. “Life-long learning” konsepsiyasi asosidagi uzluksiz ta’lim mutaxassislarga o‘zini ko‘proq talabgir va ko‘p qirrali mutaxassis sifatida his qilish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, ular uchun yangi kasbiy istiqbollarni ochib beradi.
“DevOps, OpenShift va bu bilan qanday qilib fintexda yashash mumkin” o‘quv kursi «Kazan Digital Week 2021» xalqaro forumi doirasida UZCARD va «Innotex» KG o‘rtasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risidagi hamkorlik kelishuviga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
«Innotex» KG 2020-yildan beri bank sohasini raqamlashtirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiquvchi zamonaviy yuqori texnologiyali tez rivojlanayotgan kompaniyadir. «Innotex» KG Rossiyaning eng yirik bank tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, shuningdek, Yaqin Sharq, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda faol hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni rasmiy saytdan topishingiz mumkin.
UZCARD – O‘zbekiston Respublikasining yetakchi milliy to‘lov operatori. Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi – milliy to‘lov biznesi sohasida mahsulotlarni doimiy izlash, rivojlantirish va takomillashtirish, zamonaviy servisni modernizatsiya qilish, fintex sanoati sohasida xizmatlarni ko‘paytirish hisoblanadi. Kompaniya haqida batafsil ma’lumotni rasmiy saytdan topishingiz mumkin.