Pudrat tashkilotiga qoʻyiladigan talablar.
1. Yongʻin tizimlari va uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi.
2. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar muvofiq ixtisoslik (yongʻinga qarshi avtomatika vositalari va yongʻin signalizatsiyasini loyihalash, oʻrnatish, sozlash, ta’mirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish) boʻyicha tegishli malakaga, maxsus tayyorgarlikka va kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
3. Yongʻin xavfsizligi tizimlarini tekshirish boʻyicha ishlar kamida ikki kishi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
4. Balandlikda ishlarni bajarishda pudrat tashkiloti texnik jihatdan soz va tegishli sinovdan oʻtgan narvon va ikki tomonga ochiladigan narvon bilan ta’minlashi kerak.
5. Dastlabki tekshirish quyidagilardan iborat:
Texnik vositalar va qurilmalarning ish qobiliyatini alohida va umuman tekshirish;
Nuqsonlar qaydnomasini tuzish, hamda Buyurtmachining qurilmalarini ta’mirlash boʻyicha ishlarning zarur hajmlari va xarajatlarini aniqlash uchun asos boʻlgan yongʻinga qarshi tizim va yongʻin uskunalarini toʻliq inventarizatsiya qilish (zarur boʻlganda takroran tekshirish).
Tekshiruv natijalari boʻyicha kompaniya hududida joylashgan “Yongʻinga qarshi uskunalarni tekshirish dalolatnomasi” tuziladi.
Toʻlov valyutasi:
– mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – soʻm;
Hisob-kitoblar tartibi: 100% xizmat koʻrsatish tugaganidan soʻng 20 (yigirma) kun ichida.
Mas’ul xodim:
Xaitaliyeva Nargiza — Xaridlar boʻyicha bosh mutaxassis
E-mail: n.haitalieva@uzcard.uz
Mob: +998 99 855 53 54
Tanlov hujjatlari 2023 yil 3 aprel kuni soat 12:00 gacha, elektron koʻrinishda, n.haitalieva@uzcard.uz pochtasiga qabul qilinadi.