UPD: “Axborot markaz konditsionerlari” loyihasi boʻyicha takliflarni qabul qilishning oxirgi kuni 2023-yil 18-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha uzaytirildi.
Tender uchta lotdan iborat:
Lot №1 – “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Axborot markazi uchun konditsionerlar yetkazib berish.
Lot №2 – “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Axborot markazi uchun konditsionerlar oʻrnatish.
Lot №3 – “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ Axborot markazi uchun konditsionerlarga texnik xizmat koʻrsatish.
Ishtirokchilar bir vaqtning oʻzida bir nechta lotlarda ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlar RFP va Texnik vazifada koʻrsatilgan
Toʻlov valyutasi – soʻm.
Toʻlov tartibi: ishni tugatganligi toʻgʻrisidagi akt imzolangandan keyin 10 (oʻn) kun ichida 100% toʻlov.
Masʻul xodim:
Rahimov Kozimjon – Xaridlar boʻlimi.
E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.
Telefon: +998 97 344 49 55
Takliflar 2023-yil 4-dekabr soat 18:00 gacha elektron shaklda Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron manziliga qabul qilinadi.
Tanlov hujjatlarini olish uchun havolaga bosing.