UZCARD «Yagona umumrespublika prosessing markazi» (bundan buyon matnda – «YUPM») MChJda IT-infratuzilma va aloqador jarayonlar auditi xizmatlari ta’minotchisi tanlovi bo’yicha Tenderda ishtirok qilish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi

UZCARD “YAUPM” MChJda IT-infratuzilma va aloqador jarayonlar auditi (axborot-kommunikasiya infratuzilmasi va u bilan aloqador jarayonlar tashxislanishini o’tkazish) xizmatlari ta’minotchisi tanlovi bo’yicha Tenderda ishtirok qilish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.

Tenderda ishtirok qilish uchun majburiy shartlar:

– NDA (Maxfiy axborotni oshkor qilmaslik to’g’risida shartnoma)ni imzolash;

Kompaniyaning NDA namunasini olish uchun havola tugmachasini bosing.

– Tenderda ishtirok qilish uchun arizani quyida qayd etilgan muddatda yuborish.

Imzolangan NDA bilan Tenderda ishtirok qilish uchun ariza (erkin shaklda) 2023 yil 27 iyun kuni soat 15:00 gacha elektron shaklda quyidagi pochtaga qabul qilinadi: o.safaev@uzcard.uz.

Texnik vazifa NDA imzolanganidan va Tenderda ishtirok qilish uchun arizani qabul qilish yakunlanganidan so’ng taqdim qilinadi.

Mas’ul xodim:

Safayev Otabek — Xarid Direksiyasi

E-mail: o.safaev@uzcard.uz

Mobil tel.: +998 97 782 05 55

Siz uchun qiziqarli ma’lumotlar