UZCARD Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida (MQIM) tarmoq fabrikasini qurish uchun tenderni e’lon qiladi

Tender oʻtkazish bosqichlari

Funksional texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Hujjatlar kompaniya saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 20.11.2023 yil.

Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 23.11.2023 yilgacha e-mail ga yozma ravishda yuborilishi kerak. Javoblarni taqdim etish – 27.11.2023 yilgacha.

Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 05.12.2023 yil Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha taqdim etadi.

Hisob-kitoblar valyutasi:

– mahalliy shekriklar uchun – UZS;

– xorijiy sheriklar uchun – USD

Hisob-kitoblar tartibi: yetkazib berilgandan soʻng 45 (qirq besh) kun ichida 100% toʻlov

Tenderda ishtirok etish uchun majburiy shartlar:

– Yetkazib beruvchi rasmiy sherik mavqeiga ega boʻlishi kerak;

– Yetkazib beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida dasturiy ta’minotni sotish huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.

Mas’ul xodim:

Lavrenko Viktoriya — Xaridlar direksiyasi

E-mail: viktoriya.lavrenko@uzcard.uz

Mob: +998 93 390 59 00

Tender hujjatlari elektron koʻrinishda viktoriya.lavrenko@uzcard.uz pochtasiga 2023 yil 05 dekabr soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti) qabul qilinadi. 22.11.2023 yilgacha potensial yetkazib beruvchi yuqorida koʻrsatilgan e-mail ga ushbu tenderda ishtirok etish uchun arizani (ixtiyoriy shakl) yuborishi kerak.

Tender hujjatlarini olish uchun havolaga bosing