«UZCARD» Samarqand shahrida timbildingni tashkil etish boʻyicha yetkazib beruvchini tanlash yuzasidan tender e’lon qiladi

“YaUPM” MChJ (UZCARD) barcha manfaatdor kompaniyalarni 23-24.09.2023 yilda Samarqand shahrida timbildingni tashkil etish xizmatini yetkazib beruvchisini tanlashda ishtirok etishga taklif qiladi.

1. Texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va hujjatlar doirasida Tanlov Ishtirokchisiga taqdim etadi – 29/08/2023.

2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va 06/09/2023 soat 17:00 gacha hujjatlar toʻplamini taqdim etish muddatida buyurtmachiga yuboradi.

3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda olingan takliflar Texnik topshiriqning talablariga mos kelishi yuzasidan texnik va funksional baholashni 08/09/2023 gacha muddatda amalga oshiradi.

4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi oʻz yakuniy narx taklifini 12/09/2023 gacha muddatda yuboradi.

5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 15/09/2023 gacha.

Hujjatlarni va toʻldirish uchun shakllarni havola boʻyicha yuklab olish mumkin

Savollar paydo boʻlganda va tushuntirishlar olish uchun, iltimos, barcha savollaringizni Otabek.Safaev@uzcard.uz pochtasiga yuboring.