UZCARD «Microsoft litsenziyalari server qism» loyihasi uchun yetkazib beruvchini tanlash bo‘yicha Tender e’lon qiladi.

Tenderning bosqichlari

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Tender ishtirokchisiga tender hujjatlarining bir qismi sifatida taqdim etiladi – 04.05.2023-yilgacha
  2. Potensial yetkazib beruvchi 11.05.2023-yilgacha (shu kuni ham) tender hujjatlari paketini tayyorlaydi.
  3. Ishtirokchilarning qisqacha roʻyxatini tahlil qilish va shakllantirish (05.12.2023-yilgacha)
  4. Yakuniy narxlar soʻrovi (17.05.2023-yilgacha)
  5. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash taxminan 31.05.2023-yilgacha

 

Toʻlov valyutasi:

– mahalliy hamkorlar uchun – so‘m;

– xorijiy hamkorlar uchun – AQSh dollari

Toʻlov tartibi: yetkazib berilgandan keyin 45 (qirq besh) kun ichida 100% toʻlov

Tenderda ishtirok etishning majburiy shartlari:

– Yetkazib beruvchi rasmiy Microsoft hamkori maqomiga ega boʻlishi kerak;

– Yetkazib beruvchi Microsoft litsenziyalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.

Mas’ul xodim:

Lavrenko Viktoriya – Xaridlar boʻlimi

E-mail: v.lavrenko@uzcard.uz

Telefon: +998 93 390 59 00

Tender hujjatlari 2023-yil 11-may Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha elektron shaklda, v.lavrenko@uzcard.uz manziliga qabul qilinadi. E’lon joylashtirilganidan keyin uch kun ichida potensial yetkazib beruvchi ishtirok etish uchun arizani (erkin shaklda) yuqoridagi elektron pochta manziliga yuborishi kerak.

 

Tender hujjatlarini olish uchun havolani bosing