Tender oʻtkazish bosqichlari
Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Tender hujjatlari doirasida tender Ishtirokchisiga taqdim etiladi – 28/07/2023
Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari toʻplamini 14/08/2023 (shu sanani qoʻshib) muddatgacha tayyorlaydi
Tahlil va ishtirokchilarning qisqa roʻyxatini shakllantirish (16/08/2023 gacha)
Yakuniy narxlarni soʻrash (18/08/2023 gacha)
Tender natijalarini tasdiqlash taxminan 22/08/2023 gacha
Toʻlov valyutasi:
– mahalliy yetkazib beruvchilari uchun – UZS;
Hisob-kitoblar tartibi: Yetkazib berilganidan soʻng 10 (oʻn) bank kuni ichida 100% post-toʻlov
Tenderda ishtirok etish uchun majburiy shartlar:
– Yetkazib beruvchi rasmiy hamkor maqomiga ega boʻlishi kerak;
– Yetkazib beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalarni sotish huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak.
Shartnoma imzolangandan keyin 20 (yigirma) kun ichida savdo maydonchasida buyurtma joylashtirilganligi haqida tasdiqlash.
Barcha turdagi litsenziyalar uchun qoʻllab-quvvatlash muddati 01.10.2023 yildan 30.09.2024 yilgacha boʻlishi kerak.
Mas’ul xodim:
Xaitaliyeva Nargiza — Xaridlar boʻyicha bosh mutaxassis
E-mail: Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz
Mob: +998 99 855 53 54
Tender hujjatlari 2023 yil 14 avgust kuni soat 12:00 gacha (Toshkent vaqti) elektron koʻrinishda Nargiza.Haitalieva @uzcard.uz pochtasi orqali qabul qilinadi. E’lon joylashtirganidan keyin uch kun ichida potensial yetkazib beruvchi yuqorida koʻrsatilgan e-mailga ishtirok etish uchun arizani (ixtiyoriy shakl) yuborishi kerak
Tender hujjatlarini olish uchun havolaga bosing