UZCARD arxiv ma‘lumotlarini saqlash tizimini (tasmali saqlash + MST) xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

Ushbu tender bo‘yicha takliflarni qabul qilishning muddati 11.04.2025- yil 18:00 gacha  uzaytirilganligi to‘g‘risida sizga xabar beramiz. Shu bilan birga talablar yangilandi. Fayllarni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

UZCARD arxiv ma’lumotlarini saqlash tizimini (tasmali saqlash + MST) xarid qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

 1-lot: Server

2-lot: Lenta kutubxonasi

 Tender o‘tkazishning bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya saytida mavjud. Joylashtirilgan sana – 2025-yil 24-fevral.
  2. Savol-javob sessiyasi. Ishtirok etish uchun ariza (ro‘yxatdan o‘tish) va barcha savollar 28.02.2025 yilgacha yozma ravishda elektron pochtaga yuborilishi shart. Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarga 04.03.2025 yil (shu kun ham qo‘shilgan holda) javoblar taqdim etiladi.
  3. Potensial yetkazib beruvchi narxlar ko‘rsatilgan tender hujjatlarini Toshkent vaqti bilan 2025-yil 7-mart soat 18:00 gacha taqdim etishi lozim.
  4. Takliflarni baholash 2025-yil 14-martgacha amalga oshiriladi.
  5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 2025-yil 19-martgacha.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash taxminan 2025-yil 26-martgacha amalga oshiriladi.

To‘lov valyutasi: O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun – so‘m, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun – AQSh dollari;

Hisob-kitob tartibi: elektron hisob-faktura imzolangandan keyin 10 (o‘n) ish kuni ichida to‘lov 100 foiz miqdorida amalga oshiriladi.

Mas’ul shaxs:

Rahimov Kozimjon – xarid bo‘limi.

Elektron pochta: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.

Mobil: +998(97) 344-49-55

Tender hujjatlari 2025-yil 7-mart kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Kozim.Rakhimov@uzcard.uz elektron pochta manziliga elektron shaklda qabul qilinadi.

28.02.2025 yilgacha potensial yetkazib beruvchilarga ushbu tenderda ishtirok etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ro‘yxatdan o‘tish maqsadida ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.

Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani bosing.