UZCARD yetkazib beruvchi tanlash bo’yicha tender e’lon qiladi

UZCARD “Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tahlil qilish, lavozimlarni baholash va mehnatga haq toʻlash tizimini, samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (SMK) tizimini, Kompaniya xodimlari uchun martaba rejalashtirish va ichki kommunikatsiya tizimini joriy etish tizimini ishlab chiqish va joriy etish xizmatlari” loyihasi boʻyicha yetkazib beruvchilarni tanlash yuzasidan Tenderni e’lon qiladi

Tender oʻtkazish bosqichlari

1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Tender hujjatlari doirasida tender Ishtirokchisiga taqdim etiladi – 14/04/2023

2. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari toʻplamini 24/04/2023 (shu sanani qoʻshib) muddatgacha tayyorlaydi

3. Tahlil va ishtirokchilarning qisqa roʻyxatini shakllantirish (28/04/2023 gacha)

4. Yakuniy narxlarni soʻrash (03/05/2023 gacha)

5. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash taxminan 20/05/2023 gacha

Toʻlov valyutasi:

– mamlakat yetkazib beruvchilari uchun – soʻm;

– xorijiy yetkazib beruvchilari uchun – AQSh dollari.

Hisob-kitoblar tartibi: xizmatlar yetkazib berilganidan/koʻrsatilganidan soʻng 45 (qirq besh) kun ichida 100% post-toʻlov.

Mas’ul xodim:

Lavrenko Viktoriya — Xaridlar direksiyasi

E-mail: v.lavrenko@uzcard.uz

Mob: +998 93 390 59 00

Tender hujjatlari 2023 yil 24 aprel kuni soat 18:00 gacha, elektron koʻrinishda, v.lavrenko@uzcard.uz pochtasi orqali qabul qilinadi. E’lon joylashtirganidan keyin uch kun ichida potensial yetkazib beruvchi yuqorida koʻrsatilgan elektron pochtaga ishtirok etish uchun arizani (ixtiyoriy shakl) yuborishi kerak

Tender hujjatlarini olish uchun havolaga bosing