UZCARD kompaniyaning hamkorlari uchun yangi yil sovg‘alarini sotib olish va brendlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga tender asosida tanlov e’lon qiladi

Moliyalashtirish manbasi – «YAUPM» MCHJ ning o‘z mablag‘lari.

To‘lov valyutasi:

– mahalliy yetkazib beruvchilari uchun – so‘m;

– xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – AQSH dollari.

Tanlovda ham xorij kompaniyalari, ham mahalliy ishlab chiqaruvchilari va va xizmat ko‘rsatuvchilari shu jumladan tegishli ish tajribasiga ega bo‘lgan, shuningdek o‘z vaqtida va yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishni kafolatlaydigan va ushbu texnik topshiriqning barcha shartlarini bajaradigan kichik biznes korxonalari ishtirok etishlari mumkin.

Takliflar 2022 yilning 17 noyabrigacha elektron shaklda info@uzcard.uz pochtasiga qabul qilinadi.

Kompaniyaning hamkorlari uchun yangi yil sovg‘alarini sotib olish va brendlash bo‘yicha texnik topshiriqni olish uchun havolaga bosing.

Savollar yuzaga kelganda quyidagi rekvizitlar bo‘yicha Buyurtmachining ma’sul shaxslariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Tel.: +998 97 782 05 55. Manzil: 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Shayxantohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.