UZCARD «ONIXni ovlang» aksiyasining birinchi bosqichi gʻoliblarini aniqladi

7 iyun kuni UZCARDning joriy yil 1 mayida boshlangan “ONIXni ovlang” keng koʻlamli aksiyasining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻyinda 8 milliondan ortiq ID ishtirok etib, ularning egalari oddiy shartlarni bajardilar: UZCARD kartasidan MyUzcard, Click, Oson, Payme, Paynet, Uzum Pay va boshqa toʻlov tizimlarining mobil ilovalari yoki banklarning toʻlov ilovalari orqali tovarlar va xizmatlar (kommunal toʻlovlar, mobil aloqa, internet-provayder xizmatlari, chipta sotib olish va h.k.) uchun 50 000 soʻmdan ortiq bir martalik onlayn toʻlovni amalga oshirdilar.

Gʻoliblar lototrondan raqamli sharlarni tanlab olish va sovrinli noyob 12-xonali ID-kodni tuzish orqali aniqladi. Oʻyin UZCARDning Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi www.instagram.com.uzcard.uz sahifasida va www.promo.uzcard.uz saytida jonli efirda boʻlib oʻtdi.

Quyidagi IDlar sovrinlarning baxtli egalariga aylandi:

ID Karta raqami Mukofot
018322521144 860005******3817 Samsung Galaxy S23+
018467063161 860049******8923 Samsung Galaxy S23+
018154545873 860002******9702 Samsung Galaxy Z Flip4
018178989363 860033******9997 Samsung Galaxy Z Flip4
018369699626 860004******7867 Samsung Galaxy S23 Ultra
018266449987 860012******1178 Samsung Galaxy S23 Ultra
018207479281 860055******8657 Chevrolet Onix

Taqdirlash va sovrinlarni topshirish marosimi joriy yilning avgust oyida aksiyaning uchinchi bosqichi yakunlanganidan soʻng boʻlib oʻtadi. Gʻoliblarga 18 ta Samsung Galaxy flagman smartfonlari va uchta CHEVROLET ONIX avtomobillari taqdim etiladi. Sovrinlarni topshirishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi UZCARD kompaniyasi tomonidan toʻlanadi.

Aksiyaning barcha ishtirokchilari diqqatiga! Agar Sizga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini UZCARD xodimlari deb tanishtirsalar va biron bir toʻlovni talab qilsalar, bu siz bilan aloqada firibgarlar ekanligini anglatadi. Kompaniya telefon orqali ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlarini talab qilmaydi, toʻlovlarni amalga oshirishni soʻramaydi va hech qanday yigʻimlarni undirmaydi!

Aksiya ishtirokchilari qatoriga har qanday bosqichda qoʻshilish mumkin. Toʻlovlar qancha koʻp boʻlsa, qimmatbaho sovrin egasiga aylanish ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi.

“ONIXni ovla” aksiyasi 31.07.2023 yilgacha davom etadi. Unda ishtirok etishga ulguring, qimmatbaho sovrinlar sizni kutmoqda! UZCARD barchaga omad tilaydi!

UZCARDning saytida promo.uzcard.uz havolasi boʻyicha oʻtib yoki Call-markazining 1257 qisqa raqami orqali barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni olishingiz, shuningdek aksiya qoidalari bilan tanishishingiz mumkin.