7 avgust kuni poytaxtimizdagi “Magic City” istirohat bog‘ida joriy yilning 1-may kunidan boshlab barcha egalari uchun UZCARD “ONIXni ovlang” keng ko‘lamli aksiyasining uchinchi yakuniy bosqichi uchun qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tdi.
3-bosqich oʻyinida rekord miqdordagi sakkiz million olti yuz ming identifikator ishtirok etdi, ularning egalari oddiy shartlarni bajardilar: ular tovarlar va xizmatlar (kommunal toʻlovlar, mobil aloqa, internet provayderi, xizmatlar, chiptalar xarid qilish va h.k) uchun kamida bitta UZCARD kartasidan 50 000 so‘mdan, to‘lov tizimlarining mobil ilovalari yoki banklarning to‘lov ilovalari orqali onlayn toʻlovni amalga oshirdilar.
G‘oliblar lototronda raqamlangan to‘plarni ketma-ket tanlash va sovrin uchun noyob 12 xonali ID-kodni tuzish yo‘li bilan aniqlandi. O‘yin jonli efirda Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi UZCARD sahifasida bo‘lib o‘tdi: www.instagram.com.uzcard.uz. va www.promo.uzcard.uz.
3-bosqich sovrinlarining baxtli gʻoliblari quyidagi IDlar boʻldi:
ID | karta raqami | Sovrin |
019059116600 | 860033******5459 | Samsung Galaxy S23+ |
018867246322 | 860057******3332 | Samsung Galaxy S23+ |
018781921516 | 860049******4201 | Samsung Galaxy Z Flip4 |
019009989276 | 860006******7277 | Samsung Galaxy Z Flip4 |
018777443467 | 860049******9870 | Samsung Galaxy S23 Ultra |
019059439236 | 860002******3172 | Samsung Galaxy S23 Ultra |
019061521047 | 860055******4157 | Chevrolet Onix |
Har kim aksiyaning barcha uch bosqichida qatnashgan o‘z ID-raqamlari arxivini UZCARD veb-saytida promo.uzcard.uz manzili orqali tekshirishi mumkin. Buning uchun identifikatorni tekshirish maydoniga 01 bilan boshlanadigan identifikatorni kiritishingiz va «Tekshirish» tugmasini bosishingiz kifoya.
Barcha uch bosqich oʻyinlari natijasida 18 nafar ishtirokchi Samsung Galaxy flagman smartfonlari, uch nafar ishtirokchi esa Chevrolet Onix avtomobillari sohibiga aylanishdi. Omadli ishtirokchilar 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan rasmiy taqdirlash marosimida qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladi. G’oliblar haqida qaygʻurgan holda, UZCARD jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi.
Barcha gʻoliblar va aksiya ishtirokchilari diqqatiga! Agar ular sizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlarini UZCARD xodimlarimiz deb tanishtirib, har qanday to‘lovni amalga oshirishni talab qilishsa, demak, firibgarlar siz bilan bog‘langan. Kompaniya telefon orqali ishtirokchilardan shaxsiy ma’lumotlarni soʻramaydi, toʻlovlarni talab qilmaydi va hech qanday yigʻimlar olinmaydi!
UZCARD g‘oliblarni tabriklaydi, barcha ishtirokchilar va karta egalariga ishonch, sodiqlik va ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi! Biz bilan qoling va yangi aksiyalarimizda ishtirok eting.
Barcha qoʻshimcha maʼlumotlarni UZCARD veb-saytida promo.uzcard.uz havolasi orqali yoki Qoʻngʻiroqlar markazining 1257 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.