UZCARD «Yil brendi-2021» tanlovida ishtirok etadi

Tadbir O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan har yili tashkillashtiriladi va bu yil beshinchi marotaba o‘tkazilmoqda. “Yil brendi” tanlovini o‘tkazishdan maqsad tadbirkorlik sohasini, mamlakatimiz marketing xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Mahalliy bozorda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun bu iste’molchilar auditoriyasi va ekspertlarni o‘z brendi bilan tanishtirish uchun yaxshi imkoniyatdir, chunki «Yil brendi» mukofoti, birinchi navbatda, iste’molchilarning ochiq ommaviy ovoz berishi, shuningdek, Assotsiatsiyaning 200 dan ortiq ekspertlari va hamkorlari ovoz berishidir.

UZCARD “Banklar, moliya institutlari, sug‘urta” nominatsiyasida ishtirok etish uchun, UZCARD qahramonlarining rang-barang tasvirlari bilan yagona uslubda chiqarilgan ijodiy taqdimot mahsulotlarining namunalari namoyish etilgan taqdimot ko‘rinishida ariza topshirdi. Qayd etish joizki, UZCARD jamoasi 2021-yilda o‘zining yangi qahramonlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi va moliyaviy savodxonlik va moliyaviy jamoat xavfsizligi bo‘yicha ushbu personajlar orqali sodda til va rang-barang obrazlar orqali muloqot qilishni boshladi.

Nominatsiyadagi g‘alaba kompaniya uchun yuqori professional baho natijasi bo‘ladi, iste’molchilar ishonchini oshiradi hamda, O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya brend va agentliklarning marketing samaradorligi bo‘yicha yillik reytingiga kiritiladi.

Ovoz berish jarayoni joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar Telegram boti orqali iste’molchilar uchun ochiq. Ovoz berish jarayonini real vaqt rejimida marketing.uz saytida kuzatib borish mumkin. Aynan shu vaqt mobaynida, Tanlovning ekspert hakamlar hay’ati ovoz berish jarayonlari ham bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi 21-may kuni MAKON Marketing Forum 2022 IV Xalqaro Marketing Biznes Forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.

O‘zingiz ishtirok eting va hamkasblaringiz va do‘stlaringizni ham taklif qiling, sizning ovozingiz UZCARD jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda hal qiluvchisi bo‘lishi mumkin!