UZCARD «Yashil Makon» umummilliy loyihasida ishtirok etdi

2021-yilning noyabrь oyida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikada “Yashil Makon” umummilliy loyihasi ishga tushirildi. UZCARD jamoasi ushbu dasturni istiqbolli ijtimoiy tashabbus, hamda, ichki korporativ madaniyatni mustahkamlash sifatida mamnuniyat ila qo‘llab-quvvatladi. Kompaniya xodimlari 500 tup ko‘chat ekishdi va Toshkent shahrida bog‘lar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejaga asos soldi.

 

UZCARD faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lib, u nafaqat moliyaviy texnologiyalar sohasida maxsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash, balki, bugungi va kelajak avlodrlarning yashash sifati bog‘liq bo‘lgan jamiyat va atrof-muhit oldidagi ma’suliyat nazariga asoslanib qurilgandir.

2022 yil 9 aprelь kuni UZCARD xodimlari tomonidan 500 tup ko‘chat ekildi va bu rejalashtirilgan dasturning muqaddimasi bo‘ldi.

Tabiatni asrab-avaylash harakati doirasida, “yashil tashabbus”ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida UZCARD katta bog‘ hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni tadbiq etdi. Unga asosan kompaniya tomonidan o‘rindiqlar o‘rnatilib, sug‘orish va yoritish tizimlari o‘tkaziladi, axoli hordiq chiqarishi uchun joylar yaratiladi, piyodalar uchun yo‘lakchalar qilinib, daraxt ko‘chatlari ekiladi. Buning uchun poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan Alimkent ko‘chasida 14 400 kvadrat metr bo‘lgan maydon tanlandi.

Ko‘p xodimlar ushbu tashabbusda ishtirok etish jamoani birlashtirganini va jipslashtirganini ta’kidlab o‘tdilar, ko‘chatlar ekilgan yo‘laklarni esa “UZCARD xiyoboni” deb nomlashdi. Bu yerda nafaqat kompaniya vakillari o‘z oilalari bilan, balki barcha xoxlovchilar kelib sayr qilishlari, sport bilan shug‘ullanishlari mumkin. Aktsiyada kompaniyaning 200 nafar xodimi ishtirok etib, ularning ko‘pchiligi o‘z farzandlari bilan kelib, ularni bolalikdan tabiat boyliklariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, jamoaviy mehnat va yaxshi amal qilishga o‘rgatdilar.

UZCARD jamoasi bolalar va qariyalar uchun respublikada yashil hududlarni kengaytirish qanchalik muhimligini tushunadi va bu loyiha orqali kelajak avlodlarga g‘amxo‘rlik qilish maqsadida o‘x xissasini qo‘shishga intiladi.

Do‘stlar, daraxtlarni ekib bu zaminni yanada yaxshi joyga aylantirish vaqti keldi!