UZCARD «Cheksiz NFC» aksiya muddatini uzaytirmoqda

UZCARD yangi yil bayrami arafasida “Cheksiz NFC” aksiyasi 2024-yil 14-yanvarga qadar uzaytirilgani haqida xabar beradi.

“Cheksiz NFC” aksiyasi – bu yangi UZCARD 5614**** NFC kartalari, shuningdek, UZCARD 6262****, 5440**** kobeyj karta egasiga aylangan va quyidagi shartlarni bajarganlar uchun ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkonidir:

  • 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 14-yanvargacha bo‘lgan davrda yangi NFC kartani ochish.
  • aksiya muddati davomida yangi kartadan foydalangan holda kamida 200 000 so‘m miqdorida istalgan bir martalik to‘lovni amalga oshirish.

Ishtirokchi BYD Song Plus Champion Flagship elektromobili yoki BAA, Tailand va Shri-Lankaga ikki kishilik sayohatdan biriga ega bo‘lishi mumkin.

Aksiya haqida batafsil ma’lumotni promo.uzcard.uz veb-saytida va UZCARD_promo_bot telegram-botida olishingiz mumkin.

UZCARD sizga omad tilaydi!