UZCARD to‘lov tizimining hamkor banklari O‘zbekiston hududida Discover® Network va Diners Club International® xalqaro kartalarini qabul qilish infratuzilmasini kengaytirmoqda. Banklarning ushbu kartalarga xizmat ko‘rsatishga ulanishi karta egalariga mamlakat bo‘ylab keng POS-terminal va bankomatlar tarmog‘ida xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish hamda naqd pul yechib olish imkonini beradi.
O‘zbekistonda UZCARD tarmog‘ida Discover Network kartalariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan birinchi bank Asia Alliance Bank bo‘ldi. Keyinchalik xalqaro kartalarni qabul qilishga boshqa moliya muassasalari ham qo‘shildi. Bugungi kunda UZCARD infratuzilmasida Discover® Network va Diners Club International® kartalariga Agrobank, APEX BANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Hamkorbank, Ipak Yuli Bank, Mikrokreditbank, NBU, Sanoat Qurilish Bank, Trastbank, Universalbank, Xalq Banki va Ziraat Bank Uzbekistan tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.
Banklarning Discover® Network va Diners Club® kartalarini qabul qilishga ulanishi xalqaro to‘lov vositalarini milliy to‘lov infratuzilmasiga integratsiya qilish imkonini beradi hamda O‘zbekistonda biznes va foydalanuvchilar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar imkoniyatlarini kengaytiradi.
UZCARD. Qulay yashang.