UZCARD SV-Gate onlayn toʻlov shlyuziga ulanish uchun tariflarni pasaytiradi

UZCARD banklar va toʻlov tashkilotlari uchun elektron toʻlovlarga kirish chegarasini pasaytiradi.

2023 yil 1 martdan boshlab SV-Gate onlayn to’lov shlyuziga ulanish, shu jumladan ulanayotgan hamkorlarni integratsiya qilish va oldindan tekshirish boʻyicha barcha ishlar 30 BHMga teng har oylik obunaga o’zgartiriladi. Shu o’rinda, dasturiy ta’minotdagi har bir yangi loginni ochish 50 BHMni tashkil qiladi.

UZCARD onlayn to’lov shlyuzi bilan ishlash jarayonlarini oldindan sozlash va sinovdan oʻtkazish uchun maxsus sinov maydonini taqdim etishga tayyor.

“Ishonamizki, joriy narxlar pasaytirilishi elektron tijoratni rivojlantirishga yordam beradi, toʻlov xizmatlari bozorini raqamlashtirishni tezlashtiradi, Oʻzbekistonda naqd pulsiz toʻlovlar hajmining oshishiga olib keladi.” – deb kompaniya Bosh direktorini vazifasini bajaruvchi Olimjon Zakirov ta’kidlab oʻtdi.

SV-GATE – bu UZCARD protsessing markazining tijorat banklari va toʻlov tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini ta’minlaydigan elektron tijorat (E-POS) sohasidagi tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz toʻlovlarning barcha turlarini qabul qilish va qayta ishlashga moʻljallangan protsessingdan oldingi multifunksional tizim. Hozirgi vaqtda mazkur tizim doirasida Oʻzbekiston Respublikasining 30 ta tijorat bankiga va 27 ta toʻlov tashkilotiga xizmat koʻrsatilmoqda.

SV-Gate tizimiga ulanish tariflari bilan quyidagi havola boʻyicha batafsil tanishish mumkin.