Birinchi to‘lqin natijalari bo‘yicha podkast inkubatorning 7 nafar rezidentlari quyidagi mavzularda podkast kanallarini (100 dan ortiq son) yozib oldilar:
- ta’lim va moliyaviy savodxonlik;
- startaplar va yangi texnologiyalar;
- venchur investitsiyalar;
- moliyaviy va bank texnologiyalari;
- sog‘lom turmush tarzi;
- va boshqalar.
Ishtirokchilarning podkastlarini telegram bot va loyiha saytida tinglash mumkin.
«Hello-Hosts» ning birinchi to‘lqini ishtirokchilari:
- Latipov Rodion «PROFinansы» – moliya va u bilan bog‘liq barcha narsalar, jumladan, moliyaviy savodxonlik, sarmoyalar, bank ishi, mahalliy va dunyo startaplari va ushbu sohalardagi yangiliklar haqida podkast.
- Muratov Bahovuddin va Dadajonov Shohmir «Xomcho’t» – tinglovchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida sobiq Katta to‘rtlik auditorlari tomonidan yaratilgan o‘zbek tilidagi podkast. Ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, shuningdek, mehmonlardan maslahat olishadi.
- Alina Tyo «Bejatь ili lejatь» – podkast boshlovchisi sport tufayli hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirgan odamlar bilan ularning noyob hikoyalari haqida gaplashadilar. Ushbu podkastda siz ruhiy va jismoniy holatingizga qanday qilib to‘g‘ri yondashish bo‘yicha motivatsiya va foydali maslahatlar topasiz.
- Marat va Aliana Smaginlar «Tingla Podcast» – ota va qiz o‘rtasidagi suhbatda qizida ma’lum bir mavzu bo‘yicha savollar mavjud. Otaning vazifasi yoshlarning hozirgi tendentsiyalarini hisobga olgan holda har bir savolga javobni tushuntirishdir.
- Feruza Kamalitdinova «Uyutnыye skazki» – bolalar uchun audio ertaklar. Audio ertaklar sizni tinchlantirishga va uxlab qolishingizga yordam beradi. Podkastning bir nechta epizodlari Mumiy trollar haqidagi hikoyalarga bag‘ishlangan.
“ Hello-Hosts” podkast inkubatori – O‘zbekiston Respublikasida podkast yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lib, uning doirasida rezidentlar UZCARD korporativ podkast studiyasi xizmatlaridan bepul foydalanadilar, va shuningdek, ijtimoiy platformalarda o‘z podkast kanallarini bepul ochishda yordam oladilar.
Podkastlarimizni zavq bilan tinglaysiz degan umiddamiz!