UZCARD Innotech kompaniyalar guruhi bilan birgalikda Toshkentda «IT sohasida karerani qanday boshlash kerak» konferensiyasini o‘tkazdi.

UZCARD korporativ akselerator saytida bo‘lib o‘tdi. Konferensiya davomida kompaniya vakillari va IT sohasi yetakchi mutaxassislari tomonidan chiqishlar va muhokamalar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga UZCARD bosh direktori Farrux Ziyayev va «Innotek» KG bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Aleksey Volinkin tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. Kompaniya vakillari «DevOps, OpenShift va bu bilan fintechda qanday yashash» ta’lim kursining bitiruvchilarini muvaffaqiyatli bitirganliklari bilan tabrikladilar. Dasturni o‘tkazish natijalari bilan «Innotek» KG Raqamli akademiya yo‘nalishi rahbari Ivan Kostik o‘rtoqlashdi.

Tadbir 3 soat davom etdi, unda IT- muhandislik kasbiga yangi kelganlar uchun ko‘plab dolzarb mavzularni yoritildi:

  • ishlab chiquvchilarning roli va ularga O‘zbekiston bozoridagi talabgorlik;
  • shaxsiy keys misolida, IT sohasida karerani qanday boshlash kerak;
  • ilovani qanday qilib Prod-ga chiqarish mumkin;
  • dasturchi uchun qog‘oz kundalik (Bullet Journal ish yuritish tizimi) nima uchun kerak?

Konferensiya tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Yozuvni havola orqali tomosha qilishingiz mumkin .