UZCARD Mastercard bilan birgalikda qizlar uchun texnologik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan «Girls4tech» bepul kursini yo‘lga qo‘ymoqda.

«Girls4tech» – moliyaviy savodxonlik va raqamli texnologiyalar sohasidagi amaliy dastur bo‘lib, unda murabbiylar qizlarni texnik ko‘nikmalarini qiziqarli tarzda rivojlantirishga ilhomlantiradi, shuningdek, yoshlarning yangi avlodini shakllantirishga hissa qo‘shadi.

Kurs 3 modulini o‘z ichiga oladi: «raqamli texnologiyalar», «kriptologiya” va «firibgarlikni aniqlash».

Raqamli texnologiyalar talabalarga texnologiya va innovatsiyalarning asosiy tushunchalarini rivojlantirishga, qanday qilib biz jismoniy dunyodan raqamli dunyoga o‘tganimizni tushunishga yordam beradi.

Kriptologiya ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun kodlardan qanday foydalanishni va raqamli bo‘shliqda axborotning qanchalik muhim harakatlanishini o‘rgatadi.

Firibgarlikni aniqlash – firibgarlik va turli tizimlarni buzish oqibatlarini tushuntiradi, to‘lovlarni va maxfiy ma’lumotlarni himoya qiluvchi firibgarlikka qarshi kurashish mutaxassislar haqida gapiradi.

O‘qish UZCARD Accelerator saytida Mastercard va UZCARD xodimlari ishtirokida interaktiv taqdimotlar orqali qiziqarli tarzda o‘tkaziladi.

Kurs BЕPUL o‘tkaziladi va dastur oxirida ishtirokchilarning har biri sertifikat oladi va global «Girls4tech» jamoasiga a’zo bo‘ladi.

Kurs haftada bir marta 1 soat davomida o‘tkaziladi

Manzil: O‘zbekiston, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi. 101-uy

Arizani 14 avgustgacha berishga shoshiling!