UZCARD «Paxtakor» futbol klubining hamkoriga aylandi

UZCARD «Paxtakor» futbol klubining rasmiy hamkoriga aylandi. Tegishli kelishuv «Yagona umumrespublika protsessing markazi» (YURPM) MChJ Bosh direktori Olimjon Zakirov va «PAXTAKOR» MChJ FK Bosh direktori Dmitriy Adisman tomonidan imzolandi.

Kelishuv doirasida kompaniya klubga homiylik qiladi va rivojlanishda yordam beradi, futbolni ommalashtirishga va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga koʻmaklashadi. Shuningdek, joriy mavsumda oʻyinchilarning maykalari UZCARD logotipi bilan bezatiladi.

UZCARD uchun sportni qoʻllab-quvvatlash koʻp yillik an’analarga ega va kompaniya mamlakatda sportni rivojlantirish yanada muhim ahamiyat kasb etishi uchun butun kuchini ishga soladi. Har yili kompaniya sport loyihalari, ommaviy sport tadbirlariga homiylik qiladi, xayriya yordami koʻrsatadi.