UZCARD kompaniyasi UZCARD Kids loyihasining boshlanganini e’lon qiladi. Uning maqsadi yosh avlodga shaxsiy mablagʻlarni boshqarishning asosiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirishda ko‘maklashishdir. UZCARD Kids konsepsiyasi yosh avlodni moliya mavzusiga qiziqtirish va ta’lim jarayoniga jalb etish uchun oʻqitish va ko‘ngilocharlikni oʻzida uyg‘unlashtiradi. Loyiha doirasida kompaniya turli yosh guruhlariga mo‘ljallangan ikkita stol o‘yinini yaratdi:
- «Moliyaviy kod: Men kimman?» («Финансовый код: Кто я?») — 6 yoshdan katta bolalar uchun ishlab chiqilgan o‘yin bo‘lib, u yosh ishtirokchilarni asosiy moliyaviy atamalar bilan qiziqarli tarzda tanishtiradi;
- «Biznes kod» («Бизнес код») — 12 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun biznes-mashgʻulot bo‘lib, unda har bir ishtirokchi o‘zini tadbirkor sifatida sinab ko‘rishi, o‘z biznesini ochishi va uni muvaffaqiyatli yuritishi mumkin.
O‘yinlar banklar va loyiha hamkorlari tomonidan bepul tarqatiladi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi UZCARD Kids blogida yutuqli o‘yin o‘tkazilib, g‘oliblarga sovrin sifatida beriladi. Instagram, YouTube va Telegramdagi @uzcardkids kanallarida bolalar va ularning ota-onalari moliyaviy rejalashtirish, shaxsiy mablagʻlarni boshqarish va investitsiyalar asoslarini ko‘ngilochar tarzda o‘rganishlari mumkin boʻladi. Sentabr oyi boshida ikki do‘stning UZCARD kartasi bilan sarguzashtlari haqidagi ta’limiy videolar turkumi premyerasi bo‘lib o‘tadi — qahramonlar bilan birga tomoshabinlar pul nima ekanligini, uni qanday ishlab topish, jamg‘arish va sarflash mumkinligini bilib oladilar.
Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha loyihaning ishga tushirilishi kompaniya 14-oktabr kuni nishonlaydigan UZCARDning 20 yilligiga bag‘ishlangan. 1-sentabrdan 31-dekabrgacha O‘zbekistondagi beshta bankda har bir ota-ona o‘z kartasiga qo‘shimcha ravishda farzandlari uchun UZCARD kartasini ochishi mumkin. Loyihada Anorbank, Garant Bank, Poytaxt bank, Mikrokreditbank va Ipoteka bank ishtirok etmoqda.
UZCARD Kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha direktori Hilola Sulaymonova loyihaning kompaniya uchun ahamiyatini ta’kidlab: «Moliyaviy savodxonlik bolalar va o‘smirlarga zamonaviy dunyoga moslashish va o‘z kelajagini ishonch bilan qurishda yordam beradi. UZCARD Kids loyihasi — bu har bir bola farovon hayot uchun zarur bo‘lgan bilimlarga ega bo‘lgan barqaror va iqtisodiy savodxon jamiyatni rivojlantirishga UZCARDning qo‘shgan hissadir.»
@uzcardkids loyihasini ijtimoiy tarmoqlarda topish mumkin — o‘zingiz obuna bo‘ling va farzandlaringiz bilan ulashing:
Instagram: www.instagram.com/uzcardkids
Telegram: t.me/uzcardkids
YouTube: www.youtube.com/@uzcardkids
Facebook: www.facebook.com/uzcardkids