UZCARD: 20 yil birga

2004-yilda, O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarning cheksiz imkoniyatlari endigina rivojlana boshlagan paytda, UZCARD moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasiga o‘zining birinchi qadamini qo‘ydi. Bir necha yil ichida UZCARD O‘zbekistonning moliyaviy xizmatlar bozorida asosiy o‘yinchiga aylandi va aholiga hamda biznesga qulay va xavfsiz naqd pulsiz to‘lov usullarini taklif eta boshladi. Yangi texnologiyalar va xizmatlarni joriy etish orqali kompaniya aholining hayotini soddalashtirdi va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirdi, bu esa mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratdi.

Bugungi kunda, Yangi O‘zbekiston davrida, biz iqtisodiyot va texnologiyalarda o‘zgarishlar ostonasiga yetgan bir vaqtda turibmiz. Bu vaqt – bizning ustuvor vazifalarimizni qayta ko‘rib chiqish va mamlakatimiz hamda kompaniyamizning kelajagiga e’tibor qaratish muhim bo‘lgan davrdir. Bizning mas’uliyatimiz faqat moliyaviy xizmatlar bilan cheklanib qolmasligini tushunamiz. Hozirgi zamon va kelajak – bu bizning bolalarimiz, yoshlarimiz, dunyomiz va yutuqlarimizning vorislaridir.

UZCARDning 20 yilligini nishonlash munosabati bilan, biz an’anaviy tantanalar o‘rniga, mazmunli va samarali ishlar qilishni maqsad qildik. Biz marosimlardan voz kechib, uzoq muddatli ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lni tanladik. Biz kelajakka – yoshlarga ta’lim va rivojlanishga sarmoya kiritmoqdamiz. Bu sarmoya nafaqat ularning shaxsiy farovonligi, balki jamiyat va mamlakatimizning farovonligi uchun ham muhimdir, chunki bugungi yosh avlod oladigan bilim va ko‘nikmalar ertangi kunning kelajagini belgilaydi.

Yoshlarni ta’lim olishida va rivojlanishida bizning intilishlarimiz faqat so‘zlar bilan emas, balki amaliy ishlar bilan ifodalanadi. Iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida biz «UZCARD AVLOD» loyihasini ishga tushirdik va 10 nafar talabaga grantlar ajratishni rejalashtirdik. Grant sohiblariga UZCARD ajratgan mablag‘lar hisobidan oliy o‘quv yurtlarida bir yillik kontrakt to‘lovi to‘lab beriladi. Kontrakt to‘lovlaridan tashqari, talabalar UZCARD kompaniyasida haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

20 yillik yubiley doirasida amalga oshirilgan keyingi loyiha chekka tumanlarda joylashgan uchta maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashdir. Texnologik taraqqiyot davrida bironta ham bola kompyuterlarda ishlash ko‘nikmalarini egallash imkoniyatidan mahrum bo‘lmasligi kerak. Shu maqsadda, biz chekka tumanlarda joylashgan maktablarni shaxsiy kompyuterlar, printerlar va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minladik.

Yana bir ta’lim loyihasi sifatida ko‘zi ojiz bolalar uchun mo‘ljallangan 77-sonli maxsus internat maktabiga Brayl yozuvidagi daftarlarni sotib olish va topshirish loyihasini amalga oshirdik. Bu muhim tashabbus ko‘zi ojiz bolalarga to‘laqonli va sifatli ta’lim olish imkonini berishga qaratilgan. Ushbu daftarlardan foydalanish nafaqat o‘quv jarayonini yaxshilaydi, balki ko‘zi ojiz bolalarda mustaqillik va o‘zlariga ishonchni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Bu tashabbus har bir bolaning o‘qish va rivojlanish uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydigan inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan muhim qadamdir.

UZCARD kompaniyasining 20 yilligini nishonlash doirasida amalga oshirilayotgan yana bir loyiha Akfa Medline tibbiyot markazi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarning 10 nafar bolalariga yurak jarrohlik operatsiyalarini to‘lashdan iboratdir. Ushbu loyiha yurak kasalliklaridan aziyat chekayotgan kam ta’minlangan oilalarning bolalariga yordam berishga qaratilgan. Biz hayotning eng qimmatli boylik ekanligini anglab, yordamga muhtojlarga ko‘maklashishni o‘z burchimiz deb bilamiz. Bizning maqsadimiz – nafaqat ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, balki bolalar sog‘lig‘i va farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shishdir. Biz ushbu bolalar va ularning oilalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan juda xursandmiz va bizning tashabbusimiz dunyoni biroz yaxshiroq qilishi mumkinligiga umid qilamiz.

Kompaniyamizning tug‘ilgan kuni doirasida amalga oshiriladigan yana bir loyiha U.K.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar psixonevrologik kasalxonasi klinikasiga bolalar maydonchasini qurishdan iboratdir. Ushbu maydoncha nafaqat o‘yin joyi bo‘ladi, balki kichik bemorlar o‘z tashvishlaridan bir muddat chalg‘ib, fantaziyalar va quvonch dunyosiga sho‘ng‘ishlari mumkin bo‘lgan joyga aylanadi. Bolalar uchun o‘ynash, muloqot qilish va rivojlanish uchun erkin maydon bo‘lishi naqadar muhimligini tushunamiz. Maxsus jihozlangan maydoncha to‘liq xavfsiz va bizning kichik qahramonlarimizning ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘ladi. Bizning tashabbusimiz bolalar kayfiyatini yaxshilashiga ishonamiz.

Ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, grantlar taqdim etish va bolalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish orqali UZCARD zamonaviy yosh avlodning rivojlanishiga va demakki, ishonchli kelajakka o‘z hissasini qo‘shishga intiladi. O‘tgan yillar davomida dunyo o‘zgarib ketdi va bizning kompaniyamiz zamon bilan hamqadam yurish bilan birga o‘zgarishlarni oldindan ko‘rib, mijozlarimizga eng yaxshi raqamli yechimlarni taqdim etishga moslashdi va rivojlandi.

Shunday qilib, UZCARDning 20 yillik rivojlanishi O‘zbekistonning moliya sektori va iqtisodiyoti rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida innovatsiyalarga intilish va progresiv o‘zgarishlarni aks ettiradi. O‘zining 20 yilligini nishonlar ekan, biz muvaffaqiyatli va novatorlik dunyo uchun asos yaratmoqdamiz.

Telefon: (+998) 71−200−28−28.

Sayt: uzcard.uz

Facebook: fb.com/uzcard

Instagram: @uzcard.uz

Telegram: t.me/uzcard