UZCARD GDG DevFest 2024 tadbirida homiy sifatida ishtirok etdi

UZCARD kompaniyasi texnologiyalar sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri – GDG DevFest 2024’ning homiylaridan biri bo‘ldi. Mazkur tadbir 2024-yil 7-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bo‘lib o‘tdi.

GDG DevFest – bu Google dasturchilar hamjamiyati tomonidan har yili tashkil etiladigan tadbir bo‘lib, texnologiyalar dunyosidan mutaxassislarni: dasturchilarni, IT-soha vakillarini va texnik ekspertlarni jalb qiladi. Tadbir yangi texnologik trendlarni muhokama qilish, innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish uchun muhim platformaga aylandi.

Tadbirning asosiy jihatlari:

— Dasturlash va texnologiyalar sohasidagi eng dolzarb masalalarni qamrab olgan 15 dan ortiq master-klass va treklar.

—o‘z bilim va tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishgan 30 dan ortiq spikerlar – ekspertlar.

— EXPO DevFest 2024 ko‘rgazmasi, unda texnologiyalar sohasidagi eng yangi mahsulotlar va yechimlar, jumladan UZCARD stendi namoyish etildi.

Ishtirokchilar IT-sohasidagi so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va O‘zbekiston hamda xorijdan kelgan yetakchi mutaxassislar bilan muhim ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir innovatsion texnologiyalar dunyosiga sho‘ng‘ish hamda UZCARD kabi kompaniyalarning ilg‘or yechimlari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi, jumladan UZCARD o‘z stendida EXPO DevFest 2024 doirasida karyera imkoniyatlarini ham taqdim etdi.

UZCARD kompaniyasi ushbu muhim tadbirni qo‘llab-quvvatlaganidan mamnun bo‘lib, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi liderlik maqomini va kelgusida yanada rivojlanish intilishini yana bir bor tasdiqladi.

Ishonamizki, GDG DevFest 2024da ishtirok etish barcha qatnashchilar uchun qimmatli tajriba bo‘ldi va O‘zbekistonning texnologik ekotizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.