UZCARD MAZZA Food & Music festivalida Tez QR foydalanuvchilari o‘rtasida yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

9-11 may kunlari UZEXPO yozgi maydonida restoran sanoati vakillari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va minglab mehmonlarni birlashtiruvchi MAZZA Food & Music Festival gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi.

UZCARD tadbir homiysi bo‘lib, festivalda Tez QR to‘lov yechimini taqdim etadi.

Tez QR – bu sotuvchi tomonidan shakillantiriladigan va xaridorning bank ilovasi orqali o‘qiladigan QR kod yordamida to‘lov usuli. Yechim to‘lovlarni tez, kontaktsiz va terminaldan foydalanmasdan amalga oshirish imkonini beradi – bu biznes uchun ham, foydalanuvchilar uchun ham qulay.

UZCARD festivaldagi ishtiroki doirasida Tez QR orqali xaridlar uchun toʻlovlarni amalga oshiruvchi mehmonlar oʻrtasida qimmatbaho sovgʻalar oʻyinini tashkil qiladi. Oʻyinlar 10 va 11 may kunlari soat 18:00da kompaniya stendida oʻyin oʻtkaziladigan vaqtda maydonga tashrif buyurgan mehmonlar orasida boʻlib oʻtadi. Oʻyinda ishtirok etish uchun UZCARD stendida flayer olishingiz, Tez QR orqali xaridingiz uchun toʻlovni amalga oshirishingiz, chekni olib, chek va flayerni aksiya jamoasi xodimlariga taqdim etgan holda stendga qaytarishingiz kerak boʻladi.*

Sovrinlarga ikkita iPhone 16 smartfoni, Apple AirPods Pro (2-avlod) simsiz quloqchinlari va JBL Flip 6 portativ kolonkalari kiradi.

Bundan tashqari, festivalning oziq-ovqat hamkorlari Tez QR orqali to‘lovni amalga oshirishda 5% chegirma taqdim etadi. Bunday xaridlardan olingan cheklar avtomatik tarzda sovrinlar o‘yiniga kiritiladi.

UZCARD SHERDOR premium kartalari egalari MAZZA festivalining maxsus ajratilgan VIP maydonidan – o‘rindiqli, yengil furshetga ega va daraxtlar soyasida tanho muhitda qulay dam olish joyidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Biz uchun MAZZA da ishtirok etish to‘lov texnologiyalari real muhitda qanday ishlashini ko‘rsatish imkoniyatidir. ez QR bugungi kunda yuz minglab odamlar tomonidan qo‘llanilayotgan qulay va amaliy yechimdir”, deb ta’kidladi Artem Guziy, “YUPM» AJ mahsulot bo‘yicha katta menejeri.

Bunday tadbirlar bilan hamkorlik dasturlari kompaniyaning raqamli vositalarni targ‘ib qilish va kundalik hayotda qulay to‘lov muhitini yaratish bo‘yicha keng strategiyasining bir qismidir.

*Yutuqli o‘yinda ishtirok etish qoidalari veb saytda mavjud.