2025-yilning 3-5-iyun kunlari Amsterdamda Yevropaning eng muhim fintex platformalaridan biri «Money 20/20 Europe»da UZCARD O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi birinchi marta taqdim etiladi. Ushbu tarixiy qadam mamlakatning xalqaro maydonga chiqishi va jahon moliyaviy ekotizimidagi o‘rnini mustahkamlaganini ko‘rsatadi.
UCMG kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi UZCARD ko‘rgazmada guruhning boshqa vakillari bilan umumiy stendda ishtirok etadi. Asosiy vazifa – xorijiy hamkorlar va ekspertlarga ishonchli, zamonaviy to‘lov infratuzilmasini yaratishda O‘zbekistonning o‘ziga xos yondashuvini ko‘rsatishdan iborat.
Kompaniya protsessing va kartalarni emissiya qilishdan tortib, bankomatlarga xizmat ko’rsatish va ekvayringgacha bo’lgan xizmatlarning to’liq spektrini taqdim etadi, shuningdek, innovatsion yechimlarni: QR to’lovlar, biznes, yoshlar, talabalar va mamlakat hududlari uchun maxsus mahsulotlar. Lekin, Money 20/20 da UZCARD individual xizmatlar doirasidan tashqariga chiqib, O‘zbekiston moliya bozorini qo‘llab-quvvatlovchi, banklar uchun ochiq kirishni ta’minlovchi va milliy ustuvorliklarni amalga oshirishga yordam beruvchi yaxlit arxitekturani namoyish etadi.
Bu ishtirok – haqiqiy yutuq va keng ko‘lamli xalqaro hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam, yetakchi global fintex vendorlar bilan tajriba almashish imkoniyati hamda jahon sanoat yetakchilari bilan yaqin muloqotda O‘zbekiston o‘zining noyob to‘lov ekotizimini qanday qurayotganini ko‘rsatish imkoniyatidir.