UZCARD bakalavriat talabalari uchun «UZCARD AVLOD» nomli yangi tashabbusni yo‘lga qo‘ymoqda.

UZCARD kompaniyasi o‘zining 20 yilligi munosabati bilan 10 ta grant ajratadi va bakalavriat talabalari uchun «UZCARD AVLOD» grant dasturi ishga tushirilishini e’lon qiladi. Ushbu tashabbus yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Nega aynan shartnoma to‘lovlari? UZCARD o‘z yubileyi munosabati bilan kelajakka – yoshlar ta’limi va rivojlanishiga sarmoya kiritishga qaror qildi. Kompaniya bugungi kunda yosh avlod vakillari egallaydigan bilim va ko‘nikmalar mamlakatimiz va umuman jamiyatimiz kelajagini belgilashiga ishonch bildirmoqda.

Grantlar to‘rtta oliy ta’lim muassasasi: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU), Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) barcha yo‘nalishlardagi 2-3-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. Ishtirok etish shartlari a’lo baholar va darsdan tashqari ijtimoiy faollikni o‘z ichiga oladi.

Tanlovda qatnashish uchun talabalar 2024-yil 1-oktyabrgacha ariza to‘ldirishlari, o‘tgan o‘quv yili uchun o‘rtacha ball, motivatsion xat, sertifikatlar, diplomlar va o‘z yutuqlari hamda ijtimoiy faolligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilishlari lozim. Bular qatoriga e’lon qilingan maqolalar, volontyorlik ishlari uchun tashakkurnomalar, yakunlangan loyihalar taqdimoti va ular haqida OAVda chop etilgan maqolalar kirishi mumkin.

UZCARD maxsus hay’ati arizalarni ko‘rib chiqib, g‘oliblarni nomlarini rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Ariza shakli.

Barcha savollaringizga javob berishga tayyormiz:

+ 998(71) 203-34-43

grants@uzcard.uz