«UZCARD AVLOD» grant dasturi g‘oliblari aniqlandi

UZCARD kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan «UZCARD AVLOD» tashabbusi doirasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga yetdi. Tanlov yakuniga ko‘ra 11 nafar bakalavr bosqich talabalari bir yillik o‘qish uchun o‘quv shartnomalari to‘lovini qoplash grantini qo‘lga kiritdilar. O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu dasturdan ko‘zda tutilgan maqsad: ta’lim rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shish va istiqbolli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Grant dasturi to‘rtta nufuzli oliy o‘quv yurtini qamrab oladi:

  • Toshkentdagi Xalqaro Westminster universiteti (WIUT)
  • Toshkentdagi Inha universiteti (IUT)
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST)
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)

«UZCARD AVLOD» dasturi nafaqat yuqori akademik natijalarga erishgan, balki ijtimoiy hayotda va turli ko‘ngillilik tashabbuslarida faol ishtirok etayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi yoshlarga o‘z e’tiborlarini moliyaviy to‘siqlarsiz o‘qish va shaxsiy rivojlanishga qaratib, ularning aqliy salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan. Global raqobat va tezkor texnologik o‘zgarishlar sharoitida innovatsion g‘oyalar joriy etish va mamlakat iqtisodiyotining kelajagini yaratish orqali o‘z sohalarida yangilik yaratuvchi bo‘la oladigan talabalarni qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir.

Dastur doirasida UZCARD jamoasi universitetlarda bir qator taqdimotlar o‘tkazib, loyiha va uning ishtirokchilari uchun imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. 2-3-kurs talabalaridan jami 137 ta ariza kelib tushdi.

Ta’kidlash joizki, avval e’lon qilingan 10 nafar nomzod o‘rniga grantlar sovrindorlarini tanlash bo‘yicha hay’at g‘oliblar ro‘yxatini 11 nafarga kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu qaror arizalarni sinchkovlik bilan tahlil qilish natijasida turli sohalarda ajoyib yutuqlarni namoyish etgan ko‘plab iqtidorli va iste’dodli talabalar aniqlangani tufayli qabul qilindi.

Dastur g‘oliblari:

  1. Fattoyev Azizbek
  2. Saidahmedova Amina
  3. Alibayeva Nurjamal
  4. To‘rayev Javohir
  5. Ramakayev Fanil
  6. Abdurazzoqov Oktamjon
  7. Yodgorova Muxayyo
  8. Haydaraliyev Nurbol
  9. Murodov Dilmurod
  10. Baxtiyorova Lazizaxon
  11. Sultonov Hayotjon

Ushbu talabalar o‘qishdagi ajoyib yutuqlari, jamoat tashabbuslari, olimpiadalar va boshqa muhim loyihalardagi ishtiroki uchun tanlandi. «UZCARD AVLOD» dasturi tashabbus ko‘rsatib, rivojlanishga intilayotgan va jamiyatga hissa qo‘shayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu shunchaki o‘qish uchun grant emas, balki mamlakatning ta’lim va iqtisodiy manzarasini o‘zgartira oladiganlarning kelajagiga yo‘naltirilgan sarmoyadan iboratdir.

UZCARD kompaniyasi moliya sohasidagi ko‘p yillik tajribasiga tayanib, O‘zbekistonning intellektual salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga doimo intiladi. Ishonchimiz komilki, «UZCARD AVLOD» dasturi mamlakatimizning bo‘lajak yetakchilari uchun kuchli rag‘bat bo‘ladi, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ushbu muhim namunaga ergashishi mumkin bo‘lgan boshqa kompaniya va tashkilotlarga ibrat bo‘ladi.