UZCARD, Oʻzbekistonda professional sportni qoʻllab-quvvatlashga oʻz hissasini qoʻshishda davom etmoqda. Kompaniya, Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining (AFU) bosh homiysi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi (OʻzPFL)ning rasmiy hamkori boʻldi. Hamkorlik shartnomasini “YUPM” MChJ Bosh direktori Olimjon Zakirov, OʻFA Bosh kotibi Avaz Maksumov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va OʻzPFL Bosh direktori Diyor Imomxoʻjaev imzoladilar.
Kompaniya, ushbu sheriklik futbolni ommalashtirish va mintaqada futbol an’analarini yanada rivojlantirish borasida muhim qadam boʻlishiga ishonadi.
UZCARD rasmiy homiy boʻlib, sportni rivojlantirishni yanada muhimlashtirish, kelajakda mamlakatimizda chempionlarni tarbiyalash, yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi.
“Koʻplab sport musobaqalarining hamkori boʻlgan UZCARD oʻz mijozlari safida maslakdoshlarni topadi. Kundalik xaridlarini UZCARD kartalari bilan toʻlash orqali karta egalari kompaniyaning ijtimoiy loyihalarining bevosita ishtirokchisiga aylanadi va mamlakatimizda sportni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshadi” – deydi Olimjon Zakirov.
Har yili kompaniya sport loyihalariga, yirik ommaviy sport tadbirlariga homiylik qiladi. UZCARD asosiy prioritet sifatida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va yangidan yangi marralarni zabt etishni maqsad qilgan xayriya musobaqalarining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi.