UZCARD va Click aksiyasi uzaytirildi: Tez QR orqali toʻlashda yil oxirigacha 3% keshbek

UZCARD Click toʻlov tizimi bilan birgalikda aksiyani uzaytiradi: Tez QR xizmatidan foydalangan holda xaridlar uchun toʻlovni amalga oshirayotganda 3% cashbackni olishni davom ettirishingiz mumkin.

2025-yilning 31-dekabriga qadar Tez QRdan foydalangan holda Click ilovasi orqali UZCARD kartalari bilan xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshiruvchi barcha foydalanuvchilar har bir tranzaksiya summasining 3 foizini keshbek shaklida oladilar. Tez QR yordamida to‘lov nafaqat xaridlarni tez va xavfsiz amalga oshirish, balki kundalik to‘lovlardan qo‘shimcha imtiyozlar olish imkoniyatidir.

Aksiyadan qanday foydalanish mumkin:

  • To‘lovni amalga oshirishdan oldin sotuvchiga xarid uchun to‘lovni karta orqali amalga oshirmoqchi ekanligingizni ayting.
  • QR kod terminal ekranida paydo bo‘lishiga ishonch hosil qiling.
  • Click mobil ilovasining “QR skaneri” bo‘limidan foydalanib, QR kodni skanerlang.
  • To‘lov uchun UZCARD kartasini tanlang va tranzaksiyani tasdiqlang.
  • Aksiyada ishtirok etishdan oldin Click ilovasida “Big Cashback” opsiyasini faollashtirishingiz kerak.

Qabul qilingan cashbackni Click ilovasidagi istalgan to‘lovlar uchun ishlatish yoki bank kartangizga o‘tkazish mumkin.

Aksiya butun O‘zbekiston bo‘ylab 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Tez QR xizmati haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.